×

University of Bristol: LLB kurslari uchun 9 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1158 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan Bristol universitetiUniversity of Bristol 2019-2020-oʻquv yili uchun Global Justice Scholarship – Undergraduate dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant The University of Bristol Law Schoolning  LLB bakalavriat kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grant 2 nafar eng iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Bristol LLB undergraduate kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 18 100 funt-sterling kontrakt toʻlashi kerak.

Grant yutib olgan talabalarga stipendiya uch yil muddatgacha har yilga 3 000 funt-sterlingdan jami 9 000 funt-sterling beriladi. Bu pulni faqat kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin. Dastur kontrakni qisman qoplaydi va stipendiya yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini to‘lamaydi.

Bu grantga ariza bergan nomzodlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Think Big grantiga ham da’vogar hisoblanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Nomzod Angliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin (yuqorida koʻrsatilgan).
  • Nomzod University of Bristol Law Schoolning LLB bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod kundizgi bo‘limda chet ellik talaba statusida o‘qishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar University of Bristol Law Schoolning  LLB bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi shu kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirishga ariza bilan hujjat topshirish kerak. Keyin grantda ariza beriladi. Dedlayn 2019-yil 30-iyungacha.

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  2. Kurs sahifasida umumiy ma`lumotlar bilan tanishing.
  3. How to apply bo‘limida qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Batafsil tanishib chiqing.
  4. Entry requirements and qualifications bo‘limida esa kirish talablari ko‘rsatilgan.
  5. Shu yer orqali ariza to‘ldiring. Kerakli hujjatlar bilan birga jo‘nating.

Keyin grant arizasini toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Esse.
  • Stipendiya haqida maʼlumotlar.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma.
  • Ingliz tili testi sertifikati (IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  • Pasport nusxasi.

Boshqa qoʻshimcha hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi va ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil 19-iyulgacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: http://www.bristol.ac.uk/law/contacts/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!