×

University of Bristol: Tadqiqotchilar uchun 67 127 yevrogacha grant; oylik 1 100 yevrogacha stipendiya; oila bilan yashash imkoni beriladi!


Grant

MUHLAT

01.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2628 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan University of Bristol  Marie Sklodowska Curie dasturi uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Bu dastur doirasida universitet tadqiqotchilarga Bristol Universitetida tadqiqot olib borish imkoniyatini yaratib, asosiy xarajatlarni qoplab beradi. Grant ikki yil muddatga ajratiladi. Ushbu grant barcha yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqot loyihalariga ajratilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqot olib borishni xohlovchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 24 oy (2 yil) davomida quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Tadqiqotchining yashash xarajatlari uchun uchun 55 000 (koeffisient bilabn birga 67 127 yevro) yevro mablagʻ ajratiladi.
  2. Undan tashqari, 600 yevro miqdoridagi oylik stipendiya beriladi.
  3. Agar olim oilasi bilan kelgan boʻlsa, qoʻshimcha tarzda yana 500 yevro mablagʻ taqdim etiladi.
  4. Shuningdek, konferensiya va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun oyiga 650 yevro moddiy yordam ajratiladi va
  5. Boshqa xarajatlar uchun oyiga 800 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod PhD darajasiga yoki tatqiqot olib borish boʻyicha kamida 4 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak.
  • Ushbu dasturda nodavlat tashkilotlar, muzeylar, hayriya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar (third parties) ham qatnashishlari mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish aprel oyidan boshlanadi va sentabrda tugaydi. Aniq muddat berilmagani uchun dedlayn shartli ravishda 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 1-sentabrgacha deb olindi.

Grant dasturi uchun hujjat topshirishdan avval:

  1. Ilmiy rahbar tanlab, u bilan bogʻlaning.
  2. Siz tatqiqot olib bormoqchi boʻlgan fakultet tadqiqot rahbariga tadqiqot rejangiz va CV/resumeingizni joʻnating.

Tadqiqot rahbarlari arizalarni saralashda taklif etilgan tatqiqot mavzularining fakultet maqsad va yoʻnalishiga moslik darajasini oʻrganib chiqib, saralangan nomzodlarni universitet qabul jamoasiga taqdim etadilar.

Fakultet rahbarlari bilan quyidagi elektron manzillar orqali bogʻlanishingiz mumkin:

Gumanitar fanlar maktabi: helen.fulton@bristol.ac.uk

Zamonaviy tillar maktabi: c.f.burdett@bristol.ac.uk

San’at maktabi: a.a.piccini@bristol.ac.uk

EU jamoasi (yakuniy qarorni qabul qiladi): eu-research@bristol.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!