×

University of Calabria: Italiyada magistraturada oʻqish uchun 132 ta toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

10.04.2025

QOLGAN VAQT

20 kun

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

23849 marta

Italiyada joylashgan Calabria universiteti 2025-yilning kuzida boshlanadigan 2 yillik magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchi talabalarga jami 132 ta toʻliq grant taklif etmoqda. Bu grantlar Calabria universitetidagi ingliz tilida oʻqitiladigan 2 yillik magistratura dasturlar uchun beriladi. Bunday magistrlik dasturlari 11 ta boʻlib, ular bilan BU YERDA tanishing.

Maʼlumot uchun: Calabria universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Jumladan, 2025-yil mart oyi holatiga koʻra, mazkur universitet dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 601-800-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
  • Bepul yotoqxona hamda oziq-ovqat bilan taʼminalandi.
  • 3600 yevro mablagʻ taqdim etiladi.

Talablar:

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi lozim (Oʻzbekistonlik nomzodlar topshira oladi).
  • Oʻzi tanlagan yoʻnalishning qabul talablariga javob berishi kerak. Qabul talablarini kerakli magistratura dasturi sahifasiga kirish orqali tanishishingiz mumkin. Ingliz tilida oʻqitiladigan 2 yillik magistratura dasturlarini BU YERDAN topasiz.
  • Nomzod tanlagan kursiga qarab ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (odatda B2 darajasi yetarli boʻladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod biror magistratura kursiga hujjat topshirishidan oldin oʻsha kursning sahifasiga kirib, talablari bilan tanishib chiqishi lozim.

Hujjatlar onlayn tarzda 2025-yilning 10-apreliga qadar davom etadi va quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:

  1. Esse3 portalida roʻyxatdan oʻtilib, hisob (akkaunt) yaratiladi (BU YERDA roʻyxatdan oʻting). Agar bundan avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, oʻsha roʻyxatdan oʻtgan hisobingizdan foydalanasiz.
  2. Roʻyxatdan oʻtilgach, Esse3 portaliga kiriladi (BU YERDA kiriladi).
  3. Yuqori oʻng burchakda quyidagi boʻlimlarni tanlang: Menu -> Registrar’s Office -> Admission test.
  4. Kerakli kursni tanlang.
  5. “CALL FOR EXTRA-EU STUDENTS ………..” tanlovini tanlashingiz LOZIM.

Grantlar nomzodning koʻrsatkichlari, moddiy holati, topshirilgan hujjatlariga qarab ajratiladi. Shu sababli, grant aratilishiga ijobiy taʼsir qiluvchi barcha diplom, sertifikat va boshqa hujjatlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar tarkibi quyidagilar boʻladi:

  • Pasport nusxasi (asosiy sahifa).
  • CV.
  • Kollej, litsey diplomi yoki maktab attestati.
  • Bakalavrlik diplomi va uning ilovasi.
  • Universitetda oʻtilgan barcha kurslarning oʻquv rejasi.
  • Ingliz tili sertifikati (agar bor boʻlsa, yoʻq boʻlsa, shart emas).
  • Italyan tili sertifikati (agar bor boʻlsa, yoʻq boʻlsa, shart emas).
  • Grant ajratishda hisobga olinishi mumkin boʻlgan boshqa foydali hujjatlar.

Yuqoridagi hujjatlar ingliz (yoki italyan) tilida boʻlishi va har biri bitta PDF fayl shaklida yuklanishi kerak. Hujjat topshirish jarayoni va hujjatlar haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va eʼlon qoʻllanmasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan unicaladmission@unical.it elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!