×

University of Calgary: Kanadada bakalavr kursida o’qish uchun 11 255 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

01.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1853 marta

Kanadada joylashgan University of Calgary universiteti tomonidan beriladigan University of Calgary International Entrance Scholarships and Awards grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda mavjud bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan, Kanadadan tashqaridagi davlatlardan kelgan talabalar ichidan eng a’lochilariga beriladi. Calgary universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga 15 000 Kanada dollari grant (taxminan 11 255 AQSh dollari) beriladi. Talaba 4 yillik bakalavr kursining keyingi yillari uchun ham grant olishda davom etishi mumkin, buning uchun baholari pasayib ketmasa kifoya. Kontrakt to’lovi haqida ma’lumot bu yerda keltirilgan. Eslatma: kontrakt miqdorlari bitta kursning (fanning) narxini ko’rsatadi, 1 semestr yoki 1 yillik kontrakt to’lovi talaba har semestr nechta fan o’qishidan kelib chiqib hisoblanadi.

Talablar:

 

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi va baholari juda yuqori bo’lishi kerak. Nomzod ko’p yutuqlarga erishgan, ijtimoiy faol, o’ziga ishongan va yetakchilik sifatlariga ega bo’lishi kerak. Agar baholaringiz faqat yaxshi bo’lsa (4 baho), o’qishga qabul qilinishingiz mumkin, lekin grant berilmaydi. Faqat a’lo baholarga o’qigan nomzodlar ham o’qishdan tashqari erishgan yutuqlarini ko’rsatishlari kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Turli yo’nalishlardagi bakalavr kurslariga qabul uchun maxsus talablarni bu yerga kirib, “My Education is:” qismidan O’zbekistonni, “select your program” qismidan esa o’zingizni qiziqtirgan sohani tanlagan holda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil kuzda boshlanadigan bakalavr kurslariga arizalar 2020-yil 1-oktyabrdan boshlab 2021-yil yanvargacha qabul qilinadi. Aynan qaysi kungacha hujjat topshirilishi hujjatlar qabuli boshlanganda yoki ungacha e’lon qilinadi. Qabul boshlanguniga qadar o’zingiz tanlagan fakultet haqidagi ma’lumotlarni to’plab, hujjat topshirish jarayonini o’rganish tavsiya etiladi. Arizalar 1-oktyabrdan boshlab bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirishda maxsus yo’riqnomadan foydalanishingiz mumkin. Ariza bilan birgalikda topshiriladigan hujjatlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!