AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan University of California Irvine oliygohi Regents’ Scholarship for Entering Freshmen grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of California Irvine oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar 4 yillik bakalavr kursi uchun yordam puli bilan ta’minlanadilar. Grant foizlari haqida bu yerga elektron xat yuborib ma’lumot olishingiz mumkin. Undan tashqari talabalarga universitet kutubxonasi uchun bir qancha imtiyozlar taqdim etiladi.
Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.
University of California Irvine universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod University of California Irvine oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
- Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
- Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
- Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 80 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of California Irvine oliygohi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2020-yil 30-noyabrigacha qabul qilinadi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:
- Akademik resume
- Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
- Taqdirlangan sertifikatlar
- Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
- Pasport nusxasi
- 2 ta akademik tavsiyanoma.
Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun scholarships@uci.edu elektron manziliga yoki (949)824-8262 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.