×

University of Cambridge: Barcha bosqich talabalari va assistent oʻqituvchilar uchun yozgi maktab; oʻqish xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

20.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3263 marta

Angliyaning University of Cambridge tarkibidagi Institute of Continuing Education (ICE)  International Summer Programmes yozgi maktabida qatnashishga taklif etadi. Ushbu yozgi universitet olti haftgacha muddatda boʻlib oʻtadi.

Dasturlar quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

1) Ancient & Classical Worlds (7 – 20 iyul)

3) Art and Visual Culture (21 iyul – 4 avgust)

4) Shakespeare & the Renaissance (4 – 17 avgust)

5) Medieval Studies (4 – 17 avgust)

6) Business and Entrepreneurship (4 – 17 avgust)

7) Interdisciplinary Programme. I chorak (7 – 20 iyul), II chorak (21 iyul – 3 avgust) yoki III chorak (4 – 17 avgust)

8) One of Term I (7 – 20 July) OR Term II (21 iyul – 3 avgust) ayrim Literature yoki Science Programmes

9) Creative Writing (4 – 17 avgust)

10) English Law and Legal Methods (7-27 iyul) (3 hafta).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura, doktoranturada oʻqiyotgan va assistant oʻqituvchi boʻlib ishlayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish uchun 250 funt-sterling badal toʻlash kerak. imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Angliyada ikki haftagacha ovqatlanish, yashash, ta’lim dasturlari hamda oʻquv materiallari bilan ta’minlanadi.

Dastur nomzodning Angliyaga borib-kelishi, viza, xarajtlari, shuningdek, sayohat qilishi, kechki ovqat kabi haftasiga taxminan 150 funt-sterling ketadigan sarflarini qoplamaydi. Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishlari kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladilar.
  2. Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada oʻqiyotgan hamda kuchik ma’ruzachi (assistent) boʻlib ishlayotgan nomzodlar ariza topshira oladilar.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Dasturda qatnashish uchun kamida IELTS 6.5-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Bu haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.
  4. Nomzod avval chet elga chiqib oʻqimagan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod moliyaviy yordamga muhtoj boʻlishi lozim.
  6. Nomzod chetga chiqish uchun hujjat (zagranpasport)ga ega boʻlishi lozim.

Barcha talablar va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabda qatnashish uchun 2019-yil 20-mayga qadar hujjat topshiriladi.

Dasturda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlarni dedlaynga qadar info@hamkor.eu elektron manziliga yuboring.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ingliz tili sertifikati.
  2. Motivatsion xat.
  3. 2 ta tavsiyanoma.
  4. CV/resume.
  5. Diplom va dilpom ilovasi. Agar hali diplom olmagan boʻlsangiz, academic transcript (reyting daftarchasidan koʻchirma) joʻnatasiz.

Nomzodlar soha boʻyicha bilimlari, qiziqishi, yozgan motivatsion xati, faolligi, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar dedelayndan keyin tez muddat ichida elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Bogʻlanish uchun: info@hamkor.eu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!