×

University of Cambridge: Barcha bosqichlarda oʻqish uchun 20 000 funt-sterlinggacha grantlar!


Grant

MUHLAT

17.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3206 marta

University of Cambridgening Hughes Hall kolleji bir nechta grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiyalar bir-uch yilga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Cambridge Universityning Hughes Hall kollejida oʻqishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge bakalavriat, magistratura va doktorantura kursida oʻqish uchun taxminan 23 361-29 220 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Oliygoh quyidagi grantlarni taklif etadi:

Top-Up Scholarships. PhD bosqichiga oʻqishga kirgan tadqiqotchilarga moʻljallangan. Bir yilga 2 500 funt-sterling beriladi.

Taylor Harris Scholarship for Affiliate BA in Law. Huquq boʻyicha bakalavriat bosqichiga oʻqishga kirgan eng a’lochi talabaga beriladi. Bir yilga kontraktdan 20 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Hughes Hall – CJBS Scholarship for MSt in Social Innovation. Magistratura (MPhil) kursiga oʻqishga kirgan talabalarga moʻljallangan. Bir martalik 10 000 funt-sterling grant ajratiladi. Bu grantni olish uchun alohida grant arizasi shakli toʻldirilishi kerak. Albatta, avval grant talablari bilan batafsil tanishib chiqing. Dedlayn – 2020-yil 17-may. Savollar yuzasidan scholarships@hughes.cam.ac.uk manziliga murojaat qilasiz.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod attestat/kollej-litsey/bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining bakalavr, magistratura yoki PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod grant yutib olgandan keyin Hughes Hall Collegeda oʻqishi lozim boʻladi.
  6. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 boʻlishi talab qilinadi. Aniq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant boʻyicha barcha talablar: shu yerdagi grantlarning alohida sahifalarida berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar qaysi grantga ariza berilayotganligiga qarab faqr qiladi. Aniq muddatni tanlangan grant sahifasidan tekshirib oling. Ayni vaqtda bu grantlardan eng yaqini uchun dedlayn – 2020-yil 17-may.

Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta yoki alohida ariza beriladi. Qanday hujjat topshirish ham tanlangan grantga bogʻiq.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kurslar sahifasiga kiring va kerakli kursni tanlang.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  3. Study(active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  4. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  8. Grantga ariza berish. Mos keladigan grantni tanlang. Grantga ariza shaklini toʻldiring va dedlaynga qadar belgilangan manzilga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi (taxminan):

  1. Toʻldirilgan ariza
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5-7,5 yoki ekvivalent boʻlishi talab qilinadi. Til bilish darajasi haqidagi ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash kerak.
  5. Reserch proposal.
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Personal statement.

Grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda berilgan hujjatlar sahifalarida koʻrsatilgan.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: scholarships@hughes.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!