×

University of Cambridge: Magistratura tadqiqot kursi uchun 5000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

26.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1451 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Simón Bolívar Bursaries dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-2021-oʻquv yilida MPhil in Latin American Studies yoʻnalishidagi bakalavriatdan keyingi bosqichlarda oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya bir yilga beriladi. Grant quyidagi fakultetlarga oʻqishga kirgan nomzodlarga beriladi:

  • School of Humanities and Social Sciences
  • Centre of Latin American Studies

Grant kimlar uchun?

Bakalavrdan keyingi bosqichlarda oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil in Latin American Studies kursida oʻqish uchun 2020-2021-oʻquv yiliga taxminan 33 000 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil davomida 1 000dan 5 000 funt-sterlinggacha miqdorida kontrakt toʻlovi yoki boshqa xarajatlar uchun pul beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi. Kontraktning qolgan qismi hamda yashash uchun sarflarni nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining MPhil in Latin American Studies kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borish tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 26-iyunga qadar qabul qilinadi.

Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Lotin Amerikasi boʻyicha tadqiqot olib borishni tejalashtirgan hamma nomzodlar grantga da’vogar hizoblanadi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish shart emas.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Rasmiy qidiruv sahifasiga kiring. U yerdan kerakli kursni toping.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  3. Study(active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  4. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Reserch proposal.
  4. CV/rezume.
  5. Ingliz tili Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar 2020-yil 24-iyulda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: admin@latin-american.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!