×

University of Cambridge: Matematika va tibbiyot sohasida magistratura va PhD uchun 40 000 funt-sterlinggacha grantlar!


Grant

MUHLAT

17.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3909 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Trinity Hall – Mann Studentship for the Sciences – 2021/22 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-2021-oʻquv yilida matematika va tibbiyot boʻyicha bakalavriatdan keyingi bosqichlarda –  MRes va PhD kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. Grant quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi:

  • Natural Sciences
  • Medical Sciences
  • Mathematics.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge MPhil, PhD kursida oʻqish uchun 2020-2021-oʻquv yiliga 44 000 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Tanlangan sohaga qarab kontrakt hajmi farq qiladi, aniq ma’lumotni kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga magistratura uchun 1 yil, PhD uchun 3 yil davomida har yilga 10 000-40 000 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining yuqorida koʻrsatilgan sohalardan biri boʻyicha MPhil, MRes yoki PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borish tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 17-martga qadar qabul qilinadi. Qabul hozir ochiq.

Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta ariza beriladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  3. Study(active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  4. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqingSahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalar 2021-yil 30-aprelda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: graduatetutorial@trinhall.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!