×

University of Cambridge: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

07.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1737 marta

University of Cambridgening Hughes Hall kolleji Hughes Hall PhD Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Darwin Collegeda oʻqitiladigan barcha doktorantura (PhD) kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Cambridge Universityning Hughes Hall kollejida oʻqishlari mumkin. Grant 2 nafar nomzodga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge doktorantura kursida oʻqish uchun taxminan 23 361-29 220 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga uch yil davomida kontrakt va barcha xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining PhD kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod grant yutib olgandan keyin Hughes Hall Collegeda oʻqishi lozim boʻladi.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 boʻlishi talab qilinadi. Aniq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant boʻyicha barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 7-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Grantga va oʻqishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Keyin grantga alohida ariza berish talab etiladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kurslar sahifasiga kiring va kerakli kursni tanlang.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  3. Study(active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  4. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  8. Grantga ariza berish. Grantga ariza shaklini toʻldiring va 2020-yilning 7-yanvariga qadar scholarships@hughes.cam.ac.uk manziliga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5-7,5 yoki ekvivalent boʻlishi talab qilinadi. Til bilish darajasi haqidagi ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash kerak.
  5. Reserch proposal.
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Personal statement.

Grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar imkon qadar tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: scholarships@hughes.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!