×

University of Cambridge: Yapon tadqiqotlari boʻyicha magistratura uchun 30 000 funt-sterlinggacha grant!


Grant

MUHLAT

17.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1861 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Trinity Hall – Iain Drayton Studentship for Japanese Studies – 2021/22 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2021-2022-oʻquv yilida yapon tadqiqotlari – Asian and Middle Eastern Studies (Japanese Studies) boʻyicha MPhil magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Ushbu stipendiya bir yilga beriladi. Grant Trinity Hallning Faculty of Asian and Middle Eastern Studiesda tadqiqot olib boradigan nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Yapon tadqiqotlari boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge Middle Eastern Studies (Japanese Studies) boʻyicha MPhil magistratura kursida oʻqish uchun 2021-2022-oʻquv yiliga 39 850 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Tanlangan sohaga qarab kontrakt hajmi farq qiladi, aniq ma’lumotni kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan talabaga magistratura uchun 1 yil davomida 30 000 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi. Grant haqida shu yerda tanishing.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini toʻlamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining Asian and Middle Eastern Studies (Japanese Studies) boʻyicha MPhil kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borish tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  7. Nomzoddan yapon tili sertfifkati soʻralishi mumkin.

Grant talablari haqida: shu yerda ma’lumot berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 17-martga qadar qabul qilinadi.

Grant yutib olish uchun Trinity Hallning Faculty of Asian and Middle Eastern Studiesda oʻqitiladigan Asian and Middle Eastern Studies (Japanese Studies) boʻyicha MPhil magistratura kursiga ariza beriladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  2. Hujjat topshirish haqida hamma ma’lumot: shu yerda.
  3. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  4. Study(active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  5. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  6. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  7. How To Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqingSahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  8. Sahifaning yuqori oʻng ratafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.
  6. Yapon tili sertifikati soʻralishi mumkin.

Oʻqish hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Natijalar 2021-yil 30-aprelda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: graduatetutorial@trinhall.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!