×

University of Canterbury: Master’s Scholarship – magistratura bosqichida o’qish uchun qisman grantlar; joy – 25 ta!


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1291 marta

Yangi Zellandiyada joylashgan University of Canterbury oliygohi o’zining navbatdagi UC Master’s Scholarship grant dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda universitetning magistratura (research) bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan nomzodlar qatnashishlari mumkin. Grantlar ulkan akademik yutuqlarga erishgan, umidli tadqiqotchilarga beriladi. Dasturdan maqsad Canterbury Universiteti magistratura bosqichida tadqiqotlar olib borilishini qo’llab-quvvatlash. Grant doirasida 25 nafar talabaga stipendiya ajratish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida stipendiantning mahalliy talabalar uchun to’lanadigan kontrakt to’loviga teng miqdori to’lab beriladi. Xorijlik talabalar to’lovning qolgan qimini o’zlari to’lashlariga to’g’ri keladi.

Grantlar g’olib tadqiqotchilar 90-120 ta baho (redit) olishlari uchun ketadigan muddatga beriladi.

Universitetda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Nomzod hujjat topshirish tugagunigacha University of Canterbury’ning magistratura (research) kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod universitetda kunduzgi/sirtqi tartibda tahsil olishi zarur.
  4. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  6. Nomzod a’lochi, ulkan akademik yutuqlarga erishgan bo’lishi va bu uning baholarida aks etishi lozim
  7. Nomzodlar bu grant dasturiga faqat bir marta ariza berishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun har yili ikki marotaba – 15-may va 15-oktabriga qadar belgilangan onlayn ariza shakli to’ldiriladi hamda boshqa kerakli hujjatlar bilan birga oliygoh hay’atiga taqdim etiladi. Stipendiya ajratishda nomzodning erishgan akademik yutuqlari e’tiborga olinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning taxminiy ro’yxati:

  1. Ariza (Tanlangan kursga qarab turlicha bo’lishi mumkin).
  2. Magistraturadan oldingi bosqich diplomlari nusxasi
  3. Dilom ilovasi
  4. Passport nusxasi
  5. Shaxsiy bayonot
  6. Tavsiyanoma
  7. Til sertifikatlari. IELTS 6.0, har bir bo’limdan kamida 5.5 ball (ba’zi yo’nalishlar bo’yicha bundan baland ball talab etilishi mumkin). Batafsil ma’lumot bu yerda.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Tadqiqot ishining qisqacha mazmuni (agar talab etilsa).
  3. CV.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Magistraturadan oldingi bosqichlar diplomlari hamda ularda olingan baho/diplom ilovalari nusxalari.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel:  +64 3 364 3443

Email: scholarships@canterbury.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!