×

University of Canterbury: Yangi Zelandiyada bakalavr kurslari uchun 9 975 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1390 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Canterbury tomonidan beriladigan UC International First Year Scholarship (Offshore)grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Canterbury universitetida o’qitiladigan barcha bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun 15 000 Yangi Zelandiya dollari (9 975 AQSh dollari) miqdorida grant beriladi. Kontrakt to’lovi qancha?

Talablar:

  • Grantni yutib olish uchun nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi va yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod Canterbury universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy faol va turli yutuqlarga erishgan bo’lsa, grant yutish ehtimoli oshadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun 2020-yil 31-oktyabrgacha ariza topshirish kerak. Arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish oldidan grant nizomi bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun scholarships@canterbury.ac.nz elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin. Ma’lumot uchun info@canterbury.ac.nz elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!