×

University of Canterbury: Yangi Zelandiyada bakalavriat uchun 13 700 AQSH dollargacha grant; joy – 25 tagacha!


Grant

MUHLAT

15.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2668 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury bakalavr kurslarida oʻqishni istagan talabalardan UC International First Year Scholarship dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti bakalavr yoʻnalishlarining birinchi kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant bir marta, yaʼni talaba 1-kursga oʻqishga qabul qilinganda ajratiladi. Grant 25 nafargacha iqtidorli yoshlarga berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish narxi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida toʻliq maʼlumot tanlagan kursingizning sahifasida berilgan. Umuman olganda, chet ellik talaba uchun universitet bakalavr kurslarida oʻqish haqi bir yilga taxminan 17 100 dan 28 770 AQSH dollarigacha. Taxminiy kontrakt narxlari bilan: SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant yutib olgan nomzodlarga taxminan 6 850, 10 275, 13 700 AQSH dollari stipendiya beriladi.

Grant har 120 kredit uchun bir yilga 10 000, 15 000, 20 000 Yangi Zelandiya dollari, yaʼni taxminan 6 850, 10 275, 13 700 AQSH dollari ajratadi. Narxlar valyuta kursiga koʻra oʻzgarishi mumkin. Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak. Shuningdek, grant faqat bir marta – talaba birinchi kursga oʻqishga qabul qilinganda beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi).
  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliyada doimiy yashamayotgan boʻlishi kerak.
  • Yangi Zelandiya va Avstraliya rezidenti vizasi egasi boʻlgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • UC International Collegeni tamomlaganlar ariza topshirish huquqiga ega.
  • Universitetning bakalavr kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining bakalavr bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlarni topshirish uchun dedlayn sanalari qaysi trimestrda oʻqishga ariza berayotganingizga qarab farq qiladi:

  • 2019-yil 15-avgust;
  • 2019-yil 31-oktyabr;
  • 2020-yil 1-mart.

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning bakalavr kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Bakalavr bosqichi kurslariga ariza toʻldirish jarayoni barcha chet ellik talabalar quyidagi amallar bajarishi kerak:

  • Avval https://www.canterbury.ac.nz/international/ sahifasidan oʻqitiladigan kurslarni topamiz.
  • https://www.canterbury.ac.nz/enrol/ sahifasida esa chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqamiz.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzimizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlaymiz.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda https://www.canterbury.ac.nz/enrol/myuc/ sahifasida amalga oshiriladi. Uni toʻldiramiz va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Grantga ariza berish. Arizani hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnatamiz. Agar stipendiyaga bogʻliq savollar boʻlsa,  scholarships@canterbury.ac.nz pochtasiga murojaat qilib, aniqlashtiramiz.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. https://www.canterbury.ac.nz/enrol/eligibility/ sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus NCEA sertifikati talab qilinadi. Odatda bu Yangi Zelandiya universitetlariga oʻqisha kirmoqchi boʻlgan talabalar uchun majburiy. Imtihon 3-4 ta fanni oʻz ichiga oladi. Qoidaga koʻra imtihon uchun kredit yigʻish kerak. Yerlik aholi uchun bu kreditni yigʻish maktabning 11-13-sinflarida oʻqish davomida toʻplanadi. Chet elliklar esa imtihonni tegishli tashkilot orqali topshirishlari mumkin.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

*Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

Nomzodlar:

  • hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari;
  • sport, madaniyt kabilardagi liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi;
  • ijtimoiy faolligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Liaison Main Office
Christchurch Liaison Team
Matariki Building
University of Canterbury
Private Bag 4800
Christchurch
New Zealand

Telefon: +64 3 369 4999

Elektron pochta: liaison@canterbury.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!