×

University of Canterbury: Yangi Zelandiyada magistratura uchun 11 250 AQSH dollargacha grant!


Grant

MUHLAT

15.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1718 marta

Yangi Zelandiyaning Xristchyorch shahriida joylashgan University of Canterbury magistraturada oʻqishni istagan talabalardan F A Hayek Scholarship in Economics or Political Science dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi Kenterberi universiteti iqtisodiyot va siyosatshunoslik sohalari boʻyicha magistratura kursiga oʻqishga kirgan yoki oʻqiyotgan talabalariga beriladi. Dastur 1994-yilda Alan Gibbsning talabalarga sovgʻasi sifatida tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga taxminan 16 500 Yangi Zelayndiya dollari (11 245 AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Grant bir yilga beriladi. Ikki yillik magistratura kursida oʻqiyotgan talaba grantni yo birinchi kursda yoki ikkinchi kursda olishi mumkin. Narxlar valyuta kursiga koʻra oʻzgarishi mumkin. Grant kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Qolgan pulni esa talaba toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi).
  • Nomzod Yangi Zelandiya va Avstraliyada doimiy yashamayotgan boʻlishi kerak.
  • Yangi Zelandiya va Avstraliya rezidenti vizasi egasi boʻlgan nomzodlar ariza bera olmaydi.
  • Universitetningi iqtisodiyot yoki siyosatshunoslik boʻyicha magistratura kurslardan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod ariza berayotgan vaqtda Yangi Zelandiya universitetlaridan birining magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod oʻqiyotgan kursida 0,75-1,50 EFTS boʻlishi kerak. Bu yerda EFTS – “Equivalent Full Time Student”, yaʼni, kunduzgi boʻlimda toʻliq oʻqiyotgan talaba maʼnosini anglatadi. 1,00 EFTS – 120 kreditga teng. Yaʼni, nomzod 90-180 kredit yigʻish kerak boʻlgan kurslardan birida oʻqiyotgan boʻlishi shart. Shuningdek, kurs kamida 30 ballik tadqiqot dasturini qamrab olgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlarni 2019-yil 15-oktyabrga qadar topshirish lozim.

Grantga hujjat topshirish uchun avval universitetning siyosatshunoslik yoki iqtisodiyot boʻyicha magistratura kurslaridan biriga oʻqishga hujjat topshirish kerak. Undan keyin ega grantga ariza berasiz.

Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Magistratura kursiga ariza toʻldirish quyidagicha bajariladi:

  • Avval https://www.canterbury.ac.nz/international/ sahifasidan oʻqitiladigan kurslarni topamiz.
  • https://www.canterbury.ac.nz/enrol/ sahifasida esa chet ellik talabalar uchun oʻqishga hujjat topshirish tartibi bosqichma-bosqich berilgan. Jarayon bilan batafsil tanishib chiqamiz.
  • Tanlagan kursingiz sahifasida barcha maʼlumotlar berilgan. Bunda barcha shu kurs boʻyicha dars oʻtiladigan kampuslar, semestrlar soni va hokazo maʼlumotlar chiqadi. Oʻzimizga mos keladigan dasturni va kampusni tanlaymiz.
  • Ariza topshirish onlayn tarzda https://www.canterbury.ac.nz/enrol/myuc/ sahifasida amalga oshiriladi. Uni toʻldiramiz va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Grantga ariza berish. Arizani hamma qismlarini toʻldirib, tasdiqlab, joʻnatamiz. Agar stipendiyaga bogʻliq savollar boʻlsa, grant boʻyicha masʼul  Andrea Quinlanning andrea.quinlan@canterbury.ac.nz pochtasiga murojaat qilib, aniqlashtiramiz.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Chet elliklar uchun hujjatlar tarkibi qaysi davlat fuqarosi ekanlgigiga qarab farq qiladi. https://www.canterbury.ac.nz/enrol/eligibility/ sahifasida davlatlar roʻyxati berilgan. Ammo bu roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun bu talablarni liaison@canterbury.ac.nz ga murojaat qilib aniqlash kerak boʻladi.
  • Ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi.
  • Agar grantga ariza berayotganda ishlayotgan boʻlsangiz, ish joyidan maʼlumotnoma kerak boʻladi.
  • Pasport nusxasi.
  • IELTS sertifikati. Tanlangan kursga koʻra ingliz tilini bilishga qoʻyilgan talab farq qiladi. Talab qilingan ball kamida IELTS 6,0 dan boshlanadi.
  • Chet ellik talabalardan maxsus NCEA sertifikati talab qilinishi mumkin. Odatda bu Yangi Zelandiya universitetlariga oʻqisha kirmoqchi boʻlgan talabalar uchun majburiy. Imtihon 3-4 ta fanni oʻz ichiga oladi. Qoidaga koʻra imtihon uchun kredit yigʻish kerak. Yerlik aholi uchun bu kreditni yigʻish maktabning 11-13-sinflarida oʻqish davomida toʻplanadi. Chet elliklar esa imtihonni tegishli tashkilot orqali topshirishlari mumkin.

Hujjatlar tarkibi va dedlayn muddati tanlangan kursga qarab farq qilishi mumkin. Bu haqida kurs sahifasidan batafsil maʼlumot oling. Qoʻshimcha savollar tugʻilganda maqola oxirida berilgan manzilga murojaat qilib aniqlang.

*Muhim! Grantga ariza berish koʻrsatilgan dedlayndan 8 hafta avval amalga oshirilishi kerak. Aks holda ariza koʻrib chiqilmaydi.

Grantga ariza topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • hujjat topshirgan ixtisosligi boʻyicha aʼlo baholari;
  • tadqiqotchilik salohiyati;
  • liderlik qobiliyati, salohiyati, tirishqoqligi;
  • tadqiqot loyihalarida ishtirok etganligi;
  • ijtimoiy faolligi.

Natijalar 2019-yil dekabr oyida elektron pochta orqali xabar qilinadi. Shunda grant puli 2020-yil 1-yanvardan toʻlab beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Masʼul shaxs: Andrea Quinlan

Elektron pochta: andrea.quinlan@canterbury.ac.nz

Savol berish: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!