×

University of Copenhagen: magistratura kurslari uchun to’liq, qisman grantlar va stipendiya


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

2267 marta

Daniyada joylashgan University of Copenhagen magistratura kurslarida o’qish imkonini beruvchi Danish Government Scholarships (Daniya hukumati grantlari) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududidan tashqaridagi davlatlardan bo’lgan eng umidli talabalar uchun ajratilgan. Grant belgilashda talabaning akademik ko’rsatkich va yutuqlari asosiy ahamiyatga ega. Kopengagen universitetidagi ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant kontraktga 100% chegirma ko’rinishida, 100% dan kam miqdordagi chegirma ko’rinishida yoki yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya ko’rinishida belgilanadi. Aynan qanday grant berilishi talabaning natijalari va u hujjat topshirgan fakultetga bog’liq. Grant natijalari e’lon qilinganda qancha miqdorda grant berilgani haqidagi ma’lumot ham yuboriladi.

Kontrakt qancha?

Talablar:

  • Nomzod Kopengagen universiteti magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak (agar qabul qilinsa, qabul qilingan boshqa talabalar bilan birga grant uchun ikkinchi saralashdan o’tadi).
  • Nomzodning akademik natijalari yuqori bo’lishi lozim.
  • Magistratura kursiga qabul uchun bakalavr diplomi talab qilinadi. Bakalavr kursi yo’nalishi qaysi yo’nalishdagi magistratura kursiga hujjat topshirilganidan kelib chiqib belgilanadi.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirgan magistratura kursi talablariga mos bo’lishi kerak. Barcha magistratura kurslariga qabul uchun bakalavr diplomi, yuqori baholar va ingliz tilini bilish talab etiladi. Magistratura kursining o’ziga qarab qaysi sohada bakalavr diplomi talab etilishi har xil bo’lishi mumkin. Har bir dasturga qabul talablari bilan bu yerda, kerakli kursni tanlash orqali tanishing. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza talab etilmaydi. Magistratura kursiga hujjat topshirgan nomzodlarning arizasi grant uchun ham ko’rib chiqiladi, shuning uchun magistratura kursiga hujjat topshirish yetarli. Hujjat topshirish uchun 100 yevro miqdoridagi ariza to’lovini amalga oshirish kerak. 

2021-yil kuzda boshlanadigan magistratura kurslariga arizalar 15-yanvargacha qabul qilinadi. Natijalar 2021-yil 10-iyungacha e’lon qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerdan magistratura kursini tanlab, hujjat topshirish tugmasini bosing. 

Murojaat: it-service@adm.ku.dk, +45 35 32 27 00. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!