×

University of Copenhagen: PhD kursi uchun yillik 43 750 yevro stipendiya


Grant

MUHLAT

20.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

1987 marta

Daniyada joylashgan University of Copenhagen tomonidan taqdim etilayotgan PhD fellow in sports sociology/policy (sport sotsiologiyasi va siyosati bo’yicha doktorantura) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur Kopengagen universiteti PhD kursiga o’qishga kirish va universitetdagi To’g’ri ovqatlanish, mashq va sport bo’limi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotda ishtirok etish imkonini beradi. Tadqiqot dasturi Kopengagen Jamoaviy Sport va Salomatlik markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va jamoaviy sport mashg’ulotlarining insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’sirini tadqiq etadi. Dasturga chuqur bilim va ishtiyoqqa ega bo’lgan mutaxassislar saralab olinadilar. PhD kursiga qabul qilingan talabalar uchun o’qish va tadqiqot 2020-yil 1-noyabrda yoki undan keyin boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

PhD kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

PhD tadqiqot kursiga qabul qilingan tadqiqotchi 3 yil davomida yiliga taxminan 43 750 yevro miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi. Stipendiya miqdori kelishilgan holda o’zgarishi mumkin.

Talablar:

  • Dasturga qabul qilinish uchun nomzod gumanitar-ijtimoiy fanlar, sotsiologiya, antropologiya, sog’liqni saqlash kabi yo’nalishlarda magistratura diplomiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi kerak. Agar chop etilgan ishlari bo’lsa, yanada yaxshi.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • PhD kurslarida ishtirok etish;
  • O’z tadqiqotini olib borish;
  • Ilmiy maqolalar va PhD tezisini tayyorlash;
  • O’z ilmiy ishi doirasida dars berish;
  • Boshqa ilmiy tadqiqot muassasasida (imkon qadar Daniyadan tashqarida) bir necha oy davomida tadqiqot olib borish;
  • Kafedrada ma’lum vazifalarni bajarish.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 20-sentyabrga qadar bu yerda qabul qilinadi. Hujjatlar ko’rib chiqilib, dasturga qabul qilinganlik ma’lum bo’lgach, PhD kursiga alohida ariza topshiriladi. PhD kursiga ariza topshirish tadqiqot uchun ariza berilganidan keyin bajariladi, shuning uchun avvaliga kerakli hujjatlarni belgilangan manzilga yuborib, natijalarni kutish kera. Qabul jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Motivatsion xat
  2. CV
  3. Diplomlar va baholar
  4. 2-3 ta tavsiyanoma
  5. Nashrlar ro’yxati

Murojaat uchun http://www.science.ku.dk/phd elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!