×

University of Cumbria: Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun 50 foizli grantlar


Grant

MUHLAT

05.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1497 marta

Angliyaning University of Cumbria bakalavriat va magistratura kurslari uchun moʻljallangan International scholarship – undergraduate and postgraduate students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yilning kuzida oʻqishga kirgan bir marta berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning quyidagi bakalavriat va magistratura kurslariga taalluqli:

  • Business
  • creative arts
  • law
  • science
  • literature
  • TESOL
  • Sport
  • outdoor and social sciences.

Grant NHS tomonidan moliyalashtiriladigan quyidagi kurs talabalaria berilmaydi:

  • Nursing
  • Physiotherapy
  • Radiography
  • Social Work
  • Qualified Teacher Status (QTS).

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bakalavriat bosqichiga bir yilga taxminan 7 500- 15 500 funt-sterling, magistratura va doktoranturaga esa 7 200 – 15 500 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Barcha toʻlovlar hajmi bilan: shu yerda tanishing. 2020-yilga kontrakt miqdori oʻzgarishi mumkin.

Grant yutib olgan talabaga oʻqishning bakalavriat bosqichi uchun birinchi yilga, magistratura va doktorantura (postgraduate) uchun esa oʻqish muddati tugagunga qadar kontraktdan 50 % chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr oyida boshlanadigan yuqorida koʻrsatilgan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul uchun taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-7,0 ball talab qilinadi.
  5. Attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  7. Nomzod oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba boʻlishi lozim.
  8. Nomzod chet ellik (overseas) statusida boʻlishi kerak.
  9. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  10. Nomzod oʻqishga arizani agentliklar orqali emas, oʻzi universitet orqali berishi lozim.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 5-iyulga qadar. Oʻqishga hujjat topshirish muddatlari turlicha. Aniq ma’lumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olasiz.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Kirish talablari haqida esa: shu yerda tanishing.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash International Admissions team orqali aniqlash kerak.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, 5-iyulgacha joʻnatish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar iyul oyi oxirida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: scholarships@cumbria.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!