×

University of East Anglia: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3319 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of East Anglia oliygohining Xalqaro rivojlanish maktabi oʻz magistratura kurslarida oʻqimoqchi boʻlgan xorijiy talabalar uchun toʻliq grantlar taklif etmoqda.

Grantlar 2021-yilning kuzida oʻqishni boshlash uchun 3 nafar magistrga taqdim etiladi.

Nomzodlar mazkur grantni qoʻlga kiritish uchun Xalqaro rivojlanish maktabi tomonidan taklif etiladigan magistrlik kurslariga toʻliq oʻqish (full-time) asosida qabul qilinishi/qabul qilingan boʻlishi kerak. Maktab taklif etadigan magistrlik dasturlari bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan 3 nafar talabaning oʻqish uchun kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Buyuk Britaniyadan boshqa barcha davlat fuqarolari topshirishi mumkin.
  • Nomzod Buyuk Britaniyadan boshqa davlat oliygohini (bakalavriatni) bitirgan boʻlishi kerak.
  • Kamida Britaniya tizimida 2:1 darajaga teng diplomga ega boʻlish kerak (oʻrtacha baholar 60% yoki undan yuqori boʻlishi kerak).
  • Xalqaro rivojlanish maktabi tomonidan taklif etiladigan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi/qabul qilingan boʻlishi kerak.

Shunigdek, magistratura kurlariga qabul qilinish uchun ham alohida talablar mavjud. Odatda nomzodlardan IELTS 6.0 daraja talab etiladi. Magistrlik kurslarining boshqa talablari bilan kerakli kursni tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalar 2021-yilning 30-iyunigacha onlayn shaklda BU YERDA qabul qilinadi. Onlayn arizada kerakli maʼlumotlarni kiritish bilan birga, nomzod quyidagi savolga 250 soʻzdan ortiq boʻlmagan javob yozishi kerak:

“How does the course you have applied for help you achieve your career goals and how would your experiences and interests aid the learning of the cohort as a whole?”

Yodda tuting, grantga topshirish uchun avval Xalqaro rivojlanish maktabining magistrlik kurslaridan biriga 30-iyunga qadar qabul qilinishingiz kerak. Shu sababli nomzodlarga imkon qadar ertaroq harakatni boshlash tavsiya etiladi.

Tegishli magistratura kurslari talablari, ularga qabul jarayoni va kerakli hujjatlar bilan kerakli magistrlik kursini tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!