×

University of Exeter: CSM Trust Minerals Processing Scholarship – magistratura kurslari uchun 6 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1296 marta

Buyuk Britaniyaning University of Exeter universiteti Camborne School of Mines (CSM) maktabi o‘zining CSM Trust Minerals Processing Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2019- yil sentabrda boshlanadigan Minerals Processing yo‘nalishi bo‘yicha magistratura (MSc) kursiga o‘qishga qabul qilingan/qilinadigan, moddiy yordamga muhtoj, iqtidorli talabalar uchun mo‘ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 5 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Grantni yutib olgan talabaga o‘quv yili boshida 6 000 funt sterling (tahminan 7 845 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi. Talaba o‘quv yili boshida stipendiyani naqd pul ko‘rinishida olishi mumkin.

University of Exeter oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Exeter’ning Minerals Processing yo‘nalishi bo‘yicha magistratura (MSc) kursiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo‘lishi yoki bakalavr kursida o‘qishni tamomlayotgan bo‘lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzoddan universitet ro‘yxatidagi talabalik raqami so‘raladi. Shu sababli talaba avvalo oliygohga qabul qilingan bo‘lishi kerak. 2019-yil 31- mayga qadar University of Exeter’ning MSc Minerals Processing yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursiga o‘qishga qabul qilingan nomzodlar onlayn ariza orqali grant dasturiga hujjat topshirishlari mumkin. Arizada nomzoddan 500 so‘zdan iborat bayonot taqdim etishi ham so‘raladi.

Universitetning magistratura kursiga hujjatlar onlayn portal orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayonida yuzaga keladigan savollarga olygohning savol-javoblar bo‘limidan javob topishingiz mumkin.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS 5 va undan baland, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  3. Shaxsiy bayonnoma
  4. Bakalavr diplomi
  5. Baholar/diplom ilovasi
  6. Passport nusxasi

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to‘liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0) 1392 723044

Fax: + 44 (0) 1392 722479

Email: empsmsc@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!