×

University of Exeter: PhD kursi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1333 marta

Buyuk Britaniyaning University of Exeter universiteti College of Engineering, Mathematics and Physical Sciences maktabi oliygoh tomonidan moliyalashtiriladigan PhD dasturini e’lon qiladi. Grantlar 2019- yil sentabrda boshlanadigan, Prof. Shaowei Zhang boshchiligida Low Temperature Sintering of Monolithic Ceramics and Ceramic Composites yo’nalishida tadqiqot olib borish istagidagi talabalariga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan mahalliy va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan bo’lgan tadqiqotchilarga kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi hamda yillik 14 777 funt sterling miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Boshqa xorijiy mamlakat fuqarolariga (xususan o’zbekistonlik tadqiqotchilarga) esa kontrakt to’lovining YeI va Britaniyalik nomzodlar to`laydigan miqdordagi qismi to’lab beriladi. Chet ellik talaba va mahalliy talaba to`laydigan kontrakt puli orsaidagi farqni nomzodning o`zi to`laydi: Batafsil.

University of Exeter oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Exeterning College of Engineering, Mathematics and Physical Sciences kolleji PhD kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod aniq fanlar, kimyo, matematika, fizika yoki muhandislik bo’yicha magistrlik (MSc) darajasiga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu oliygoh tomonidan moliyalashtirilgan PhD kursi bo’lganligi sababli nomzodlar hujjatlarini to’g’ridan-to’g’ri Exeter universitetiga topshirishadi. Hujjatlar 2019-yil 31-mayga qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. CV.
  3. Dilomlar va diplom ilovalari nusxalari.
  4. 2 ta tavsiya beruvchi shaxsning kontakt raqamlari, email manzili.
  5. Ingliz tilini o’zlashtirganlik sertifikati. IELTS 6.0 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1392 722730

Fax: + 44 (0) 1392 722479

Email: stemm-pgr-admissions@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!