Buyuk Britaniyaning University of Exeter universiteti The Institute of Arab & Islamic Studies maktabi o`zining Sharjah Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2019-2020 yil o`quv yilida boshlanadigan Master of Arabic & Islamic Studies (MArabic) yo’nalishi bo`yicha magistratura kursiga o`qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo`ljallangan. Kurs yakunida bitiruvchilar magistrlik darajasiga ega bo`ladilar va Arab dunyosi hamda O`rta Sharq mamlakatlarining siyosati, jamiyati, hayot tarzi hamda madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo`ladilar.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan talabalarga har yili 1 500 funt sterling (tahminan 1 940 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
Stipendiyani keyingi yillarga ham uzaytirish uchun nomzodning o`rtacha baholari 60% va undan balandni tashkil etishi kerak.
University of Exeter oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Exeter’ning Master of Arabic & Islamic Studies (MArabic) yo`nalishi bo`yicha magistratura kursiga o`qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo`lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzodning arab tilini bilishi zaruriy emas.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish shart emas. 2019-yil 31- oktabrga qadar University of Exeter’ning Master of Arabic & Islamic Studies (MArabic) yo`nalishi bo`yicha magistratura kursiga o`qishga qabul qilingan barcha talabalar dasturga to`g`ridan-to`g`ri nomzod deb hisoblanadilar.
Universitetga hujjatlar onlayn portal orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayonida yuzaga keladigan savollarga olygohning savol-javoblar bo`limidan javob topishingiz mumkin.
Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati:
- Onlayn ariza.
- IELTS 5 va undan baland, har bir bo`limdan kamida 6.0 ball.
- Shaxsiy bayonnoma.
- Bakalavr diplomi.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Passport nusxasi.
Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo`lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.
Grant haqidagi to`liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: +44 (0) 1392 723044
Fax: + 44 (0) 1392 722479
Email: ssis-admissions@exeter.ac.uk