×

University of Exeter: Sharjah Scholarships – magistratura kurslari uchun 10 250 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1700 marta

Buyuk Britaniyaning University of Exeter universiteti The Institute of Arab & Islamic Studies maktabi o`zining Sharjah Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2019-2020 yil o`quv yilida boshlanadigan Master of Arabic & Islamic Studies (MArabic) yo’nalishi bo`yicha magistratura kursiga o`qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo`ljallangan. Kurs yakunida bitiruvchilar magistrlik darajasiga ega bo`ladilar va Arab dunyosi hamda O`rta Sharq mamlakatlarining siyosati, jamiyati, hayot tarzi hamda madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo`ladilar.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabalarga har yili 1 500 funt sterling (tahminan 1 940 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Stipendiyani keyingi yillarga ham uzaytirish uchun nomzodning o`rtacha baholari 60% va undan balandni tashkil etishi kerak.

University of Exeter oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Exeterning Master of Arabic & Islamic Studies (MArabic) yo`nalishi bo`yicha magistratura kursiga o`qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo`lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzodning arab tilini bilishi zaruriy emas.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish shart emas. 2019-yil 31- oktabrga qadar University of Exeter’ning Master of Arabic & Islamic Studies (MArabic) yo`nalishi bo`yicha magistratura kursiga o`qishga qabul qilingan barcha talabalar dasturga to`g`ridan-to`g`ri nomzod deb hisoblanadilar.

Universitetga hujjatlar onlayn portal orqali qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayonida yuzaga keladigan savollarga olygohning savol-javoblar bo`limidan javob topishingiz mumkin.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS 5 va undan baland, har bir bo`limdan kamida 6.0 ball.
  3. Shaxsiy bayonnoma.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. Baholar/diplom ilovasi.
  6. Passport nusxasi.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo`lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to`liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0) 1392 723044
Fax: + 44 (0) 1392 722479
Email: ssis-admissions@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!