×

Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!


Grant

MUHLAT

28.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

7236 marta

Shveytsariyada joylashgan Jeneva universitetining Ilm-fan (Science) fakulteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun har yili Excellence Masters Fellowships grantlarini taklif qiladi. Bu grantlar iqtidorli talabalarning Ilm-fan fakultetidagi sohalarda oʻqishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Hozirda bu fakultet quyidagi sohalar boʻyicha magistralik dasturlarini taklif qiladi:

  • Astrophysics
  • Biochemistry
  • Biology
  • Chemical Biology
  • Chemistry
  • Computer Science
  • Earth Sciences
  • Environmental Science
  • Mathematics
  • Mathematics and Computer Science
  • Neuroscience
  • Pharmacy
  • Physics
  • Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki 2 tilda (ingliz va fransuz tilida) oʻqitiladi.

Ushbu magistrlik dasturlarining har birining talablari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: Jeneva universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2023-yil may oyi holatiga koʻra, bu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 128-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu grantni qoʻlga kiritganlarga yiliga 10-15 ming CHF (taxminan 11-16 ming AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi. Dastlab, bu grant 1 yil uchun taqdim etiladi, agar talaba 1-semestrni yaxshi koʻrsatkichlar bilan tamomlasa, oʻqishning oxirigacha uzaytiriladi (magistratura dasturlari 3 yoki 4 semestr davom etadi).

Maʼlumot uchun: Geneva universitetining magistrlik dasturlarida oʻqish toʻlovi (tuition fee) anchagina hamyonbopdir – 2023-yil may oyi holatiga koʻra, oʻqish puli 1 semestr uchun 500 CHF (taxminan 560 AQSH dollari)ni tashkil etadi. Bu esa ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar oladigan stipendiyasidan bemalol toʻlab yuborishi mumkinligini anglatadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi bu grantga ariza topshira oladi.
  • Bu talabalarning iqtidori va oʻzlashtirish darajasiga qarab taqdim etiladigan grant hisoblanadi, shu sababli, nomzodning oʻzlashtirish darajasi qancha yuqori boʻlsa, shuncha yaxshi.
  • Nomzod oʻzi tanlagan dastur oʻqitiladigan tilni yetarli darajada bilishi lozim (odatda ingliz tilidan kamida B2 daraja talab etiladi, fransuz tilidan ham shunday).
  • Nomzod universitetning Ilm-fan fakultetidagi oʻzi tanlagan magistrlik dasturi qabul talablariga javob berishi, unga hujjat topshirib, qabul qilinishi kerak. Magistrlik dasturlari talablari bilan BU YERDA har bir dastur sahifasiga kirish orqali batafsil tanishishingiz mumkin.
  • Grantga ariza topshirish uchun nomzod oʻzi tanlagan magistrlik dasturiga qabul qilingandan keyin universitetda talaba sifatida roʻyxatdan oʻtish jarayonini amalga oshirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2024-yil sentabrdan oʻqishni boshlashni xohlovchilardan bu grantga arizalar 2024-yil 15-martgacha qabul qilinadi. Lekin magistrlik dasturlariga hujjat topshirish 2024-yil yanvar oyida boshlanib, 2024-yil 28-fevralgacha davom etadi. Shu sababli, magistraturaga qabul boshlanganidan keyin imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.

Grantga ariza topshirishda nomzodlardan UNIGE kartasi (Jeneva universiteti talabasi kartasi) yoki, hali talaba sifatida roʻyxatga olinmagan boʻlsa, markaziy qabul komissiyasi tomonidan yuborilgan “Your application to UNIGE” nomli email nusxasi soʻraladi.

Grantga ariza toʻldirish har yili yanvar oyidan boshlanadi va mart oyi oʻrtalarigacha davom etadi. Magistratura dasturiga roʻyxatdan oʻtganingizdan keyin ushbu grant arizasiga havolani oʻz ichiga olgan email yuboriladi va shu arizani toʻldirish orqali grantga hujjat topshirishingiz mumkin.

Grantga onlayn arizani toʻldirishda (ingliz yoki fransuz tilida toʻldiriladi) quyidagi hujjatlarni BITTA pdf faylda ariza shakliga yuklashingiz kerak:

  • Pasport yoki ID kartaning skanerlangan nusxasi.
  • CV (maksimal 2 bet).
  • Bakalavriat bosqichida olingan baholar.
  • Sizning maxsus ilmiy qiziqishlaringiz va Jeneva universitetida magistratura dasturini davom ettirishdan maqsadingizni ko’rsatib beruvchi motivatsion xat.
  • GRE, TOEFL yoki boshqa til imtihonlari natijalari kabi har qanday boshqa tegishli ma’lumotlar.
  • Agar imkoni boʻlsa, ikki nafar professorning ushbu dasturga sizni tavsiya qilish maqsadida bergan tavsiyanomasi (ularning oʻzlari tomonidan Excellence-Master-Sciences@unige.ch manziliga yuboriladi). Bu hujjatni topshirish majburiy emas.
  • Arizangiz uchun ijobiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa hujjatlar (masalan, GRE, TOEFL va h.k.).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin ushbu grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!