×

University of Glasgow: bakalavriat uchun 100 ta qisman grant!


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1994 marta

Buyuk Britaniyada  joylashgan University of Glasgow o’zining bakalavr bosqichidagi talabalariga  Undergraduate Excellence Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi University of Glasgow’ning 2019-yilda boshlanadigan bakalavr kurslariga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 100 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga yillik 5 000 funt sterling (taxminan 6 600 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Talaba yil davomida yuqori natijalarga erishsa hamda namunaviy hulqi, tirishqoqligini namoyon etsa stipendiya dasturi keyingi o’quv yillariga ham cho’zilishi mumkin.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Glasgow’ning 2019-yilda boshlanadigan bakalavr kurslariga qabul qilingan bo’lishi /qilinishi kerak.
  3. Nomzod yuqori maktab/litsey/kollejni a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun universitetning 2019-yilning sentabrida boshlanadigan bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish yetarli bo’ladi. Oliygohga kirish uchun hujjatlarning barchasi shu yilning 30-iyuniga qadar UCAS orqali topshirilishi kerak.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning tahminiy ro’yxati:

  1. Ariza.
  2. Yuqori maktab atteatati yoki litsey/kollej diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Shaxsiy bayonot (Personal Statement).
  6. Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat. (IELTS 6.5, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball)
  7. Tanlangan sohaga ko’ra portfolio, disket, chizma/ishlanma kabi qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: 0141 330 6062

Email: scholarships@glasgow.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!