×

University of Glasgow: PhD bosqichi uchun 10 000 funt sterling grant; joy – 18 ta!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1262 marta

Buyuk Britaniyada  joylashgan University of Glasgow (UofG) o’zining PhD bosqichidagi tadqiqotchilariga University of Glasgow Chancellors Award grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi University of Glasgow oliygohining 2019-yil sentabrda boshlanadigan PhD Taught kurslarining barcha yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik tadqoqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 18 nafar tadqiqotchiga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarga yillik 10 000 funt sterling (tahminan 13 200 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Stipendiyalar faqatgina kontrakt to’lovini qisqartirish uchun sarflanishi mumkin.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Ariza topshirish muddati tugaguniga qadar nomzod University of Glasgow’ning 2019-yil sentabrda boshlanadigan PhD kurslariga qabul qilingan bo’lishi /qilinishi kerak.
  3. Nomzod Buyuk Britaniyaning 1st Class Honours Degree yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak. Batafsil
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomzod o’zini-o’zi ta’minlaydigan (self-funded) talaba bo’lishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Buning uchun universitetning 2019-yilning sentabrida boshlanadigan PhD kurslaridan biriga hujjat topshirish yetarli bo’ladi. Universitetga hujjatlar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Onlayn arizani to’ldirish boshlanganidan so’ng uni uzog’i bilan 42 kun ichida yakunlash talab etiladi. Oliygohga kirish uchun hujjat topshirish muhlatlari tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’ladi. Hujjatlarni qabul qilish muhlatlari bilan bu yerda tanishing.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning tahminiy ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Magistrlik diplomi.
  4. Baholar/diplom ilovasi.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statement).
  7. Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat. (IELTS 6.5, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball)
  8. Tanlangan sohaga ko’ra portfolio, disket, chizma/ishlanma kabi qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Taqdim etilayotgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi zarur.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy sayti yoki savol-javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: 0141 330 6062

Email: scholarships@glasgow.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!