×

University of Guelph-Humber: bakalavr kursi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

01.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1804 marta

Kanadaning Ontario shahrida  joylashgan University of Guelph-Humber oliygohi International Student Entrance Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Guelph-Humber universitetida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar bakalavr kursining birinchi yili o’qish to’lovi uchun taxminan 1500-6750 AQSh dollari (2000-8500 Kanada dollari) miqdorida yordami puli bilan ta’minlanadilar. Grant 2 semestr uchun teng taqsimlangan holda, faqat 1 yil uchun to’lab beriladi. O’qishning keyingi yillarida grant berilmaydi.

Guelph-Humber universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Guelph-Humber oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball (har bir bo’lim 6 balldan kam bo’lmasligi lozim), TOEFL IBT 89 ball (har bir bo’lim 21 balldan kam bo’lmasligi lozim) sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, Guelph-Humber universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2021-yil kuzgi kurslar uchun hujjatlar 2021-yil 1-maygacha qabul qilinadi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun info@guelphhumber.ca  elektron manziliga yoki 416-798-1331 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!