×

University of Liverpool: MBA kurslarida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3219 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Liverpul universiteti 2021-yilning sentabridan boshlab MBA kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlarga ULMS Liverpool MBA Excellence Scholarship dasturini taklif etmoqda. Mazkur grant universitetdagi Liverpool MBA va Football Industries MBA kurslarida oflayn tarzda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun: Liverpul universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblanadi. Jumlada, 2021-yil aprel holatiga koʻra, mazkur universitet THE reytingi boʻyicha dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 163-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

MBA boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida talabalar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilinishi mumkin.

Talablar:

Ushbu grantni qoʻlga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Oxirgi taʼlim bosqichidagi (bakalabriat yoki magistraturadagi) baholari Britaniya tizimida kamida 2:1 darajada toʻgʻri kelishi kerak (bu 100 ballik tizimda kamida 65% ga toʻgʻri keladi).
  • Kamida 4 yillik kasbiy /  boshqaruv ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Yetakchilik potensialini namoyish qila olishi kerak.

Shuningdek, nomzod tanlangan MBA dasturining qabul talablariga ham javob berishi kerak. MBA kurslariga kirish uchun kamida IELTS 6.5 (hech bir boʻlimi 6 dan past boʻlmasligi kerak) talab etiladi.

Kursga qabul talablari bilan kurs sahifasiga kirib batafsil tanishishingiz mumkin:

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza topshirilmaydi. Yuqorida keltirilgan kursga ariza topshirgan nomzodlar grant talablariga mos boʻlsa, avtomatik tarzda grant uchun koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan MBA kurslariga ariza topshirish uchun aniq oxirgi sana (deadline) belgilab qoʻyilmagan. Odatda qabul iyul oyining oʻrtalari yoki oxirlarida qabul yakunlanadi (joylarning toʻlishiga qarab). Biroq nomzodlarga imkon qadar ertaroq hujjat topshirish qattiq tavsiya qilinadi. Chunki qancha erta topshirsa, grant ajratilish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi (grantlar “First-come, first-served” tamoyili asosida taqdim etiladi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va shu kabi boshqa maʼlumotlar bilan kurslarning rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!