×

University of Manchester: bakalavriat uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2507 marta

Angliyaning Manchester shahrida joylashgan The University of Manchester  2020-2021-oʻquv yili uchun International Excellence Undergraduate Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetdagi tarkibidagi School of Electrical and Electronic Engineeringning bakalavr bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yilga beriladi. Stipendiya 10 nafar kuchli bilimli, iqtidorli talabalarga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The University of Manchester School of Electrical and Electronic Engineeringning bakalavr yoʻnalishlarida oʻqish haqi 2020-2021-oʻquv yili uchun taxminan 24 000 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 4 yilgacha kontrakt pulini qisman toʻlashga 2 000 funt-sterling stipendiya beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod School of Electrical and Electronic Engineeringning bakalavr yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar School of Electrical and Electronic Engineeringning bakalavr bosqichida oʻqitiladigan barcha kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Kursga berilgan arizaning oʻzi grant uchun yetarli. Grantga alohida ariza berish shart emas. Dedlayn – 2020-yil 30-iyun.

Demak, birinchi oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshirish kerak.

Masalan, Electronic Engineering mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avvalo shu yerdan  Electronic Engineering ni tanlang.
  • Electronic Engineering sahifasining “Overview” boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • “Entry requirements” boʻlimini tanlang. U yerda oʻqishga kirish talablari koʻrsatilgan.
  • “Application and selection” boʻlimida qanday qilib ariza topshirish haqida maʼlumot berilgan.
  • Boʻlimda “Apply through UCAS” yozuvini tanlang va UCAS tizimiga kirib registratsiyadan oʻting.
  • Roʻyxatdan oʻtib boʻlgach, ariza toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini ug-eee@manchester.ac.uk manzili yoki +44 (0)161 306 4700 raqamiga bogʻlanib aniqlang (zarur boʻlganda).
  • Agar hujjatlaringiz koʻrsatilgan talablarga yetmasa yoki mos kelmasa, integrated foundation year kurslarida bir yil oʻqish mumkin.
  • Universitet talab qiladigan malaka talablarini boshqa davlatlar talablari bilan mosligini aniqlash uchun roʻyxat bergan. Ammo roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun hujjatlarning tarkibi, ekvivalentini international@manchester.ac.uk manzili orqali tekshirib oling.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Sertifikatlar.
  • Ingliz tili testi (IELTS 6.0-7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi (agar ishlagan boʻlsa), ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Oʻqishga kirishga va grant dasturi uchun 2020-yil 30-iyungacha ariza berish mumkin. Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

International Office: international@manchester.ac.uk

International Relations Department: international.relations@manchester.ac.uk

Sayt: https://www.ucas.com/

Telefon: +44 (0) 161 275 2196

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!