×

University of Manchester: Buyuk Britaniyada bakalavr kurslari uchun 3 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1222 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Manchester tomonidan beriladigan The Manchester Science and Engineering International Excellence scholarships va Chemical Engineering and Analytical Science – The Morton Award for International Excellence grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi Science and Engineering bakalavr kurslarida o’qish uchun taqdim etiladi. Science and Engineering fakulteti haqida ma’lumot bu yerda keltirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga o’qish to’lovi uchun har yili 3 000 funt sterling chegirma qilinadi. Kontrakt to’lovi qancha?

Eslatma: Buyuk Britaniyada bakalavr kurslari 3 yil bo’ladi, ammo O’zbekistonlik talabalar bakalavr kursiga o’qishga kirish uchun avvaliga foundation kursini tamomlashlari kerak.

Talablar:

  1. Nomzod Manchester universitetidagi tegishli yo’nalishlardagi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  2. Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi va baholari a’lo bo’lishi zarur. Grantlar eng yuqori baholarga ega nomzodlarga belgilanadi.
  3. Nomzod grantni har yili olib turishi uchun o’rtacha bahosi 60% dan tushib ketmasligi shart.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bakalavr kurslariga qabul qilinish uchun turli testlardan qanday ballar talab etilishi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
  5. Barcha kurslarga qabul jarayonida nomzodning erishgan yutuqlari, hujjat topshirilgan yo’nalishga mos fanlardan olgan baholari va boshqalar inobatga olinadi.
  6. Kurslarda qabul uchun ichki talablar ham mavjud bo’lib, ular bilan tanishish uchun bu yerga kirib, Sciences and Enginering yo’nalishidagi kurslar ichidan o’zingizni qiziqtirgan kurs ustiga bosish va ko’rsatilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqish zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha kurslarga arizalar UCAS tizimi orqali bu yerda topshiriladi. 2021-yilda boshlanadigan kurslar uchun arizalarni 2021-yil 15-yanvargacha topshirish kerak. Qo’shimcha ma’lumot va universitet bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!