×

University of Manchester: Magistratura uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

22122 marta

Angliyaning Manchester shahrida joylashgan The University of Manchester har yili Alliance MBS Masters Scholarships for UK/EU/International students grantini taklif etadi. Grant universitetda oʻqitiladigan buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruv sohalari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grant talabaning moliyaviy ahvonini emas, uning akademik yutuqlari va a’lo baholarini inobatga oladi.

Stipendiya quyidagi magistratura kurslari talabalariga ajratiladi:

  • MSc Accounting
  • MSc Accounting and Finance
  • MSc Business Analysis and Strategic Management
  • MSc Business Analytics: Operational Research and Risk Analysis
  • MSc Business Psychology
  • MSc Finance
  • MSc Human Resource Management and Industrial Relations
  • MSc International Human Resource Management and Comparative Industrial Relations
  • MSc Innovation Management and Entrepreneurship
  • MSc International Business and Management
  • MSc Management
  • MSc Marketing
  • MSc Operations, Project and Supply Chain Management
  • MSc Organisational Psychology
  • MSc Quantitative Finance

Yuqoridagi magistratura kurslarida oʻqish 1 yillik, agar sirtqi taʼlim orqali oʻqisa, magistratura kursi 2 yil davom etadi.

Maʼlumot uchun: Manchester universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil mart oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 32-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 yillik kontrakt pulini toʻliq qoplab beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod yuqorida keltirilgan magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Nomzodning koʻrsatkichlari imkon qadar aʼlo boʻlishi kerak. Britaniya tizimida 1 va 2:1 daraja egalari hamda boshqa tizimlarda shu darajaga teng koʻrsatkichga ega nomzodlar mazkur grantga ariza bera oladi. Bu 100 ballik tizimda oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (GPA) kamida 70 ball boʻlish kerak degani.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7.0 boʻlishi talab qilinadi (kurslarga qarab biroz farq qilishi mumkin). Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Bu grantni uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida oʻqish uchun ham, sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqish uchun ham qoʻlga kiritish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga alohida ariza topshirilmaydi. Yuqorida keltirilgan magistrlik dasturlaridan biriga ariza toshirgan nomzodlarning barchasi ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Magistrlik kurslariga ariza topshirishning oxirgi sanasi aniq belgilab qoʻyilmagan. Biroq nomzodlarga qabul ochilganidan keyin imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi. 2024-yilning kuzgi semestriga qabul 2024-yil mart-aprel oylarida ochiladi.

Magistrlik dasturiga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avvalo shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • Overview boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • Entry requirements boʻlimini tanlang. U yerda oʻqishga kirish talablari koʻrsatilgan.
  • Application and selection boʻlimida qanday qilib ariza topshirish haqida maʼlumot berilgan.
  • Boʻlimda Apply online yozuvini tanlang.
  • Ariza toʻldiring.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini sahifa oxirida berilgan manzili yoki telefon raqamiga bogʻlanib aniqlang (zarur boʻlganda).
  • Universitet talab qiladigan malaka talablarini boshqa davlatlar talablari bilan mosligini aniqlash uchun roʻyxat bergan. Ammo roʻyxatda Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Shuning uchun hujjatlarning tarkibi, ekvivalentini murojaat shakli orqali soʻrab tekshirib olishngiz mumkin.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (IELTS 7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi (agar ishlagan boʻlsa), ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Maʻlumot uchun:

Masters Admissions Office

Telefon: +44 (0) 161 306 1339

Elektron pochta: pg.ambs@manchester.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!