×

University of Melbourne: Avstraliyada magistratura uchun 14 277 AQSh dollarigacha grantlar; joy – 150 ta


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1852 marta

Avstraliyada joylashgan Melburn universiteti tomonidan beriladigan Melbourne School of Engineering Scholarship grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet Melbourge School of Engineering tarkibidagi muhandislik magistratura kurslariga qabul qilingan talabalarga beriladi. Melbourne School of Engineering va undagi kurslar haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 5 000 – 20 000 Avstraliya dollarigacha (3569 – 14277 AQSh dollari) grant yiliga ikki martadan, 2 yil davomida to’lab beriladi. Dastur doirasida taxminan 150 nafar talabaga grant ajratiladi. Kontrakt to’lovlari barcha kurs sahifalarida ko’rsatilgan.

Talablar:

  • Grantlar bakalavr kursida juda yuqori baholarga o’qigan va ijtimoiy faollik ko’rsatgan nomzodlarga beriladi.
  • Magistratura kurslariga qabul qilinish uchun nomzod o’zi hujjat topshirgan magistratura kursiga yaqin sohada bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi zarur. Bitiruvchi kurs talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun muhandislik bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Hujjatlar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Hujjatlar qaysi sanagacha qabul qilinishini aniqlashtirish uchun kerakli kurs sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing yoki Melburn universitetiga murojaat qiling.

Melburn universitetiga o’qish, hujjat topshirish, grantlar va boshqalar haqida ma’lumot uchun bu yerda murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!