Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan The University of Melbourne oliygohi Melbourne International Undergraduate Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Melbourne universitetida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar bakalavr kursining birinchi yili uchun taxminan 7161 AQSh dollari (10000 Avstraliya dollari) miqdorida yordam puli bilan ta’minlanadilar. Undan tashqari bakalavr kursining yuqori bosqichlari uchun kontrakt pulining 50% yoki 100% gacha ozod etiladilar.
University of Melbourne oliygohi bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Talablar:
Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:
- Nomzod University of Melbourne oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
- Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi.
- Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
- Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of Melbourne universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish muddati kurs yo’nalishlariga qarab farqlanishi mumkin. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:
- Akademik resume
- Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
- Taqdirlangan sertifikatlar
- Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
- Pasport nusxasi
- 2 ta akademik tavsiyanoma.
Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun +61390355511 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.