×

University of Miami: bakalavr kurslari uchun 16 000 AQSh dollarigacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

938 marta

AQShda joylashgan University of Miami tomonidan taqdim etiladigan International Education Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan, eng yuqori baholar va eng ko’p yutuqlarga erishgan xorijlik talabalarga beriladi. University of Miami’da mavjud bakalavr kurslari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar talabaning test natijalari, baholari, akademik va darsdan tashqari erishgan yutuqlari, motivatsiyasi va boshqalarga asosan belgilanadi. Grant hajmi 2 000 AQSh dollaridan 16 000 AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin. Ya’ni, talaba o’z ko’rsatkichlariga asosan kontrakt to’loviga 2 000 AQSh dollaridan 16 000 AQSh dollarigacha chegirmaga ega bo’lishi ham mumkin. O’qish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (litseyni/kollejni) tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod akademik va darsdan tashqari yutuqlarga erishgan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida TOEFL IBT 80 yoki IELTS 6,5 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Batafsil
  • Nomzodlar ACT toki SAT testlari natijalarini ixtiyoriy ravishda topshirishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

University of Miami bakalavr kurslariga 2020-yil 1-dekabrgacha hujjat topshirgan barcha nomzodlar, agar maktab, litsey yoki kollej baholari o’rtachasi 3.5 (/4) ball yoki undan ortiq bo’lsa, grant uchun ham da’vogarlik qiladi. Shuning uchun grantga alohida ariza berish talab etilmaydi. O’zingiz xohlagan bakalavr kursiga 1-dekabrgacha bu yerda hujjat topshirishingiz mumkin. Ariza topshirishda 70 AQSh dollari to’lovni ham amalga oshirishingiz kerak bo’ladi. Hujjatlar ro’yxati

Ma’lumot uchun admission@miamioh.edu elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!