×

University of Miami: O’zbekiston universiteti bakalavr kursidan AQSh universitetiga o’qishni ko’chirish uchun grant


Grant

MUHLAT

01.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3325 marta

AQShda joylashgan University of Miami bakalavr kurslariga o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Mayami universiteti bakalavr kurslariga ma’lum davlatdagi oliy ta’lim muassasasiga o’qishga qabul qilingan va o’qishning ma’lum qismini tamomlagan (masalan, birinchi kursni) talabalar o’qishlarini ko’chirishlari mumkin. Mayami universitetiga o’qishini ko’chirishga ruxsat berilgan talabalar uchun grant dasturi ham mavjud bo’lib, grantlar yuqori akademik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iqtidorli talabalarga belgilanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursiga o’qishni ko’chirishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga yiliga 10 000 AQSh dollaridan 15 000 AQSh dollarigacha moliyaviy yordam beriladi. Hozirda 2021-yil bahorgi kurslar uchun qabul davom etmoqda va bahorgi kurslar uchun grantning miqdori va taqsimoti universitetning moliyaviy holatidan kelib chiqib belgilanadi.

Talablar:

  • Nomzod oliy ta’lim muassasasining birinchi yoki ikkinchi kursida tahsil olayotgan bo’lishi kerak. Keyingi kurs talabalari Mayami universitetiga o’qishni ko’chirish mumkin yoki yo’qligini universitetga murojaat qilib aniqlashtirishlari mumkin.
  • Nomzod o’qiyotgan ta’lim yo’nalishi va o’qishini ko’chirayotgan ta’lim yo’nalishi (yoki o’tiladigan fanlar) mos bo’lishi kerak.
  • Nomzodning o’rtacha bahosi yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Grant yutib olish uchun esa talabaning o’rtacha bahosi 4 ballik GPA shkalasida 3.5 ball yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 85 ballga ega bo’lishi kerak.
  • Qabul uchun boshqa talablar nomzod o’qiyotgan universitet va hujjat topshirayotgan kursdan kelib chiqib belgilanadi. Barcha talablarni aniqlashtirish uchun universitet bilan bog’laning.

Dasturga qabul jarayoni:

2021-yil bahorgi bakalavr kurslari uchun arizalar 2020-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni:

  1. Arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza topshirishda 70 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi.
  2. Ariza to’ldirgach, maktabda (litsey, kollej) olgan baholaringizning ingliz tilidagi rasmiy nusxasi siz hozir tahsil olayotgan oliygoh tomonidan mydocuments@miami.edu elektron manziliga yuborilishi kerak. Baholarni o’zingiz yubormang, universitetga murojaat qilib, universitet nomidan yuborishlarini so’rang.
  3. Siz hozirda tahsil olayotgan universitet xodimi ushbu shaklni to’ldirib, Mayami universitetiga yuborishi kerak.
  4. Tavsiyanoma topshiring. Bu ixtiyoriy, lekin tavsiyanoma topshirsangiz, universitet siz haqingizda to’liqroq ma’lumotga ega bo’ladi ( bu esa siz uchun foydali). Tavsiyanomani ariza shaklini to’ldirayotganda qo’shib topshirish mumkin. Tavsiya beruvchi tavsiyanomani shaxsan o’zi mydocuments@miami.edu elektron manziliga yuborishi ham mumkin.
  5. O’qishingizni qaysi fakultetga ko’chirayotganingizga qarab boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Bu haqida batafsil ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan.
  6. SAT yoki ACT testi hamda IELTS yoki TOEFL testi (yoki shunga teng boshqa test natijalarini) yuboring.
  7. Agar Mayami universitetida o’qish boshlashingizdan avval O’zbekistondagi o’qish joyingizdan tanaffus olgan bo’lsangiz (ya’ni talaba bo’lsangiz ham, 3 oydan uzoq muddatga o’qishingiz to’xtatilgan bo’lsa), buning sababini ko’rsatuvchi ma’lumotlarni keltirishingiz kerak bo’ladi. Bu ma’lumotni birinchi qadamdagi ariza topshirish jarayonida yuborish yoki mydocuments@miami.edu elektron manziliga jo’natish mumkin.
  8. Moliyaviy yordam uchun kerakli hujjatlarni jo’nating.
  9. Agar O’zbekistondagi o’qish joyingizdagi talabalik holatingizda o’zgarish bo’lsa (o’qishdan chetlashtirilish, o’qish vaqtinchalik to’xtatilishi, kursdan qoldirilish va shu kabi holatlar), bu haqida Mayami universitetiga xabar bering.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!