×

University of Münster: DAAD Scholarship (2019-2023) – PhD kurslari uchun to’liq grantlar!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2402 marta

Germaniyaning Münster shahrida joylashgan University of Münster o’zining Graduate School Practices of Literature (GSPoL) maktabi PhD bosqichidagi tadqiqotchilariga DAAD (German Academic Exchange Service) tomonidan moliyalashtiriladigan Graduate School Scholarship Programme (GSSP) (2019-2023) grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2019-yil kuzda boshlanadigan, 4 yillik PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan xorijlik tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik tadqiqotchilarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Dastur doirasida quyidagi 3 asosiy soha bo’yicha tadqiqotlar olib borish uchun grantlar ajratiladi:

  1. Literature, Culture and Society
  2. Theories of Literature and Culture
  3. Literary and Cultural Studies and the Professional World. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan har bir talabaning 4 yillik o’qish davri mobaynida barcha xarajatlari qoplab beriladi.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod University of Münster Graduate School Practices of Literature maktabi PhD bosqichiga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod ingliz va nemis tillarini yaxshi bilishi kerak. qo’shimcha biror xorijiy tilni bilgan talabalarga ustunlik berilishi mumkin. (Zarurat tug’ilganida tadqiqotchiga DAAD tomonidan nemis tili kurslariga qatnashish imkoni berilishi mumkin).
  4. Nomzod magistratura kursini kamida “yaxshi” baholarga tugatgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzodning magistratura bosqichini tamomlaganiga 6 yildan ko’p bo’lmagan bo’lishi kerak.
  6. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  7. Ariza topshirishidan avval nomzod Germaniya hududida 15 oydan uzoq istiqomat qilmagan bo’lishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2019-yilning 31-mayiga qadar ariza va barcha kerakli hujjatlarini gspol@uni-muenster.de manziliga email orqali topshirishi kerak (taqdim etilayotgan hujjatlar va ariza shakli yagona PDF fayliga jamlanishi, nemis yoki ingliz tilida bo’lishi talab etiladi).
  2. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan GSPoL hay’ati suhbat o’tkazadi.
  3. Final bosqichiga o’tgan nomzodlarning hujjatlari DAAD hay’atiga taqdim etiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Motivatsion xat. Unda nomzod nimaga GSPoL maktabida tahsil olish maqsadidaligini yoritib berishi kerak.
  2. CV (rasmsiz).
  3. Nomzodning magistratura kursini kamida “yaxshi” baholar bilan tamomlaganligini isbotlovchi hujjat.
  4. Nomzodning ingliz, nemis va boshqa xorijiy tilni (agar mavjud bo’lsa) bilishi haqidagi sertifikatlar.
  5. Tadqiqot loyihasi haqida qisqacha ma’lumot (tahminan yarim sahifadan iborat).
  6. Tadqiqot rejasi (project proposal). Hujjat o’zida sarlavha, rejalar, mavzuning dolzarbligi, maqsadi, metodologiyasi va bibliografiyasini aks etirishi va 10 sahifa atrofida bo’lishi zarur.
  7. 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar uchun DAAD’ning mahsus tavsiyanoma shaklidan foydalanilishi zarur. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Dr. Anna Thiemann

Tel: +49 251 83 – 24439

Email: thiemann.gspol@wwu.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!