×

University of Nottingham: magistratura kursida bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

18.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Malayziya

O'QILGAN

2687 marta

Malayziyaning Selangor shtatida joylashgan University of Nottingham oliygohi Developing Solutions Masters Scholarship grant dasturi orqali magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Nottingham oliygohida o’qitiladigan magistratura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.    

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar magistratura kursi to’lov kontraktidan ozod etiladi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod University of Nottingham oliygohining magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant miqdori o’zlashtirilgan ta’lim baholari asosida belgilanadi. 
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Nomzod bakalavr kursini tamomlagandan so’ng kamida 1 yil o’z sohasida tajriba orttirgan bo’lishi lozim. 
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 90 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod Nottingham universiteti magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan so’ng 2020-yil 18-oktyabrdan kechikmasdan grant uchun ariza jo’natishi lozim. Dastur uchun ariza namunasini bu yerda yuklab olishingiz mumkin. To’ldirilgan ariza elektron pochta orqali Developing Solutions Malaysia elektron manziliga yuborilishi lozim. 

Nottingham universiteti magistratura kursiga hujjat topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

 

  • Akademik resume
  • Bakalavr bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar 
  • GMAT yoki GRE test natijasini ko’rsatuvchi sertifikat
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim)
  • Pasport nusxasi 
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.  

 

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun itservicedesk@nottingham.edu.my elektron manziliga yoki +60389248000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!