×

University of Nottingham: sportchilar uchun universitet jamoasiga a’zo bo’lish, bepul jismoniy tayyorgarlik va foundation kursi to’loviga chegirma olish imkoniyati


Grant

MUHLAT

21.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1079 marta

Buyuk Britaniyada (Angliya) joylashgan University of Nottingham foundation kurslariga qabul qilingan iqtidorli sportchilar uchun beriladigan grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan istalgan foundation kurslarida o’qish uchun berilishi mumkin. Grant dasturidan maqsad Buyuk Britaniya oliygohlari aro o’tkaziladigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun salohiyati yetarli va iqtidorli talabalarni kashf qilish va qo’llab-quvvatlash. Barcha foundation kurslari ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Foundation kursida o'qishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Agar talaba “foundation package” grantini yutib olsa, o’qish to’lovi uchun 2 000 funt sterling chegirma qilinadi.
  • Agar talaba bronze, silver and gold packages grantini yutib olsa, o’qish to’loviga qo’shimcha 1 000 funt sterlingdan 8 000 funt sterlinggacha chegirma qilinadi. Bunda pul mablag’i ko’rinishidagi grantdan tashqari boshqa xizmat va imtiyozlar ham beriladi va ular bilan birga hisoblaganda grantning umumiy qiymati 4 500 funt sterlingdan 14 000 funt sterlinggacha summani tashkil qiladi
  • Agar talaba “International Sporting Excellence Scholarships” grantini yutib olsa, o’qish to’loviga 5 000 funt sterling chegirma

Grant yutib olgan talabalarning barchasiga quyidagi xizmatlar ham ko’rsatiladi:

  • Universitetdagi yuqori darajadagi sport qulayliklaridan foydalanish imkoniyati;
  • Sport murabbiylari tomonidan jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari;
  • Ovqatlanish, psixologiya, fiziologiya va biomexanika kabi sportga aloqador fanlardan qo’shimcha mashg’ulot va qo’llab-quvvatlash;
  • Sport uchun kerakli tibbiy ta’minot (fizioterapiya massajni kiritilgan);
  • Yoga va jismoniy qayta tiklanish uchun foydali boshqa mashg’ulotlar;
  • Sport mashg’ulot va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kerakli tayyorgarlik. O’qish to’lovi qancha?

Talablar:

  • Nomzod Nottingham universitetida o’qitiladigan istalgan foundation kursiga o’qishga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi/topshirishi kerak.
  • Nomzod o’qishga qabul qilingach, Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari uchun sport musobaqalarida ishtirok etishi kerak bo’ladi.
  • Nomzod xalqaro darajadagi sport mashg’ulotlari (musobaqalari)da ishtirok etayotgan bo’lishi, yoki o’z sport yo’nalishi bo’yicha eng yuqori darajada uchun harakat qilayotgan bo’lishi kerak (milliy, xalqaro, havaskor yoki professional darajalar kabi).
  • Nomzod universitet sport murabbiyi tomonidan tavsiya etilishi kerak (ariza topshirgan nomzodlarning arizalarini ko’rib chiqish orqali amalga oshiriladi).
  • Foundation kursiga qabul uchun: nomzod maktab/kollej/litsey shahodatnomasi yoki diplomiga ega bo’lishi, baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan kurs yo’nalishiga yaqin fanlardan yuqori baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bu haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar bu yerda, 2020-yil 21-avgustga qadar topshiriladi. Grantga ariza topshirishdan avval foundation kursiga ham ariza yuborib qo’yish zarur.  Foundation kursiga arizalar bu yerda qabul qilinadi. Ma’lumot uchun bu yerdagi shakl orqali murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!