×

University of Otago: bakalavr kursi uchun 4 ming AQSh dollarigacha grant dasturi


Grant

MUHLAT

05.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1865 marta

Yangi Zelandiyaning Otago shahrida joylashgan University of Otago oliygohi University of Otago Donna-Rose McKay Entrance Scholarship grant dasturi orqali bakalavr bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University of Otago oliygohida o’qitiladigan bakalavr yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.    

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar kontrakt to’lovi uchun 6000 Yangi Zelandiya dollari (taxminan 4182 AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam bilan ta’minlanadilar. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak. 

University of Otago universiteti bakalavr bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim: 

  • Nomzod University of Otago oliygohining bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. 
  • Nomzod o’rta ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim. Grant akademik ko’rsatkichlari asosida belgilanadi.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.  
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6 ball, TOEFL IBT 80 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi, University of Otago oliygohi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirish kifoya. Kursga hujjatlar bu yerda 2020-yil 5-dekabrigacha qabul qilinadi. Muddatdan oldin ro’yxatdan o’tish grantni qo’lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Maktab/litsey/kollej diplomi va baholari
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim). 
  • Pasport nusxasi
  • Educational Credentials Evaluation (ECA). ECA nima?

ECE – nomzod olgan hujjatlarning haqiqiyligi va Yangi Zelandiya ta’lim tizimida qabul qilinishini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjatni alohida tashkilot tayyorlaydi. ECE tayyorlangach, ECE tayyorlovchi tashkilot tomonidan quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

International Office

University of Otago

PO Box 56

Dunedin 9054

New Zealand

Qo’shimcha ma’lumot uchun entrance.scholarships@otago.ac.nz   elektron manziliga yoki +6434797000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!