Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan University of Queensland oliygohi Conservation Biology yo’nalishi bo’yicha 2019 – yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga International Scholarship in Conservation Biology grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yoshlardagi aniq fanlarga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirishdir.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga magistratura (1 yillik) kursi uchun 10 000 AUD (taxminan 7 170 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Grant talabaning kontrakt to’lovini to’lash uchun ikki qismga bo’lib beriladi.
University of Queensland oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Talablar:
- Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak;
- Nomzod Conservation Biology yonalishi bo’yicha 2019- yil sentabrda boshlanadigan magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak;
- Nomzodning bakalavr bosqichidagi baholari yig’indisi (GPA) 5 dan yuqori bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
2019-yilning sentabridagi kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 28-apreliga qadar topshirilishi kerak. Universitetga qabul qilingan talabalarning barchasi stipendiya dasturi uchun nomzod deb hisoblanadi.
Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:
- Onlayn ariza. (Ariza shaklida talab etilgan barcha hujjatlar batafsil ma’lumotlar bilan taqdim etilishi kerak. hujjatning umumiy hajmi 12 MB dan oshmasligi zarur.) Onlayn ariza topshirish imkoni bo’lmagan abiturientlar applicationstatus@uq.edu.auelektron manziliga hujjat ko’rinishidagi ariza shaklini so’rab murojaat qilishlari mumkin. Bu holda ular 150 AUD (tahminan 100 AQSH dollari) miqdoridagi to’lovni to’lashlari kerak bo’ladi.
- Bakalavr diplomi.
- Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
- Tanlanga soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
- Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).
Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
T: +61 7 3365 1111