×

University of Salford: Bakalavr uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

25.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1033 marta

Angliyaning Solford shahrida joylashgan University of Salford bakalavriat kurslari uchun moʻljallangan Salford International Excellence Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yilning kuzida oʻqishga kirgan talabalarga bir marta berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslariga taalluqli.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetning bakalavriat kurslarida oʻqish uchun toʻlov har bir kurs sahifasida alohida berilgan. Chet ellik talaba bakalavr kursi uchun bir yilga 12 660 – 14 820 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Yanada aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan talabaga kontraktdan 1 000 – 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi hamda boshqa sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Universitet tomonidan maxsus stipendiya ajratilmaydigan barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi (oʻzbekistonliklar ariza topshirishi mumkin).
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr oyida boshlanadigan bakalvriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul uchun taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba boʻlishi lozim.
  5. Nomzod chet ellik (overseas) statusida boʻlishi kerak.
  6. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.
  7. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 (har bir boʻlimdan kamida 5,5) ball talab qilinadi.
  9. Nomzod kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  10. Nomzod yuqori natijaga erishgan boʻlsa, oʻqishni 2 yoki 3-kursdan boshlashi mumkin.
  11. Nomzod global muammolarning yechish uchun tashkil etilgan International Collaboration Zone strategik jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda.
  12. Nomzod auditoriyadan tashqari faoliyatda yutuqlarga erishgan va shaxsy loyihalarini amalga oshirgan boʻlishi lozim.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 25-iyunga qadar. Oʻqishga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Aniq ma’lumotni kurs sahifasidan olasiz.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Oʻqishga kirish uchun barcha bakalavriat kurslari haqida: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Qanday qilib hujjat topshirish: shu yerda batafsil aks etgan.
  3. Kirish talablari haqida esa kurs sahifasining requirements boʻlimida berilgan.
  4. Oʻqishga hujjat topshirish: shu yer orqali amalga oshiriladi.
  5. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatidan Oʻzbekistonni toping va talablarni aniqlang.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 (har bir qismdan kamida 5,5) boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grantga onlayn tarzda ariza berish lozim. Ariza toʻldirishda asosan esse yozishga e’tibor bering. Esse ikki qismdan iborat:

  1. Describe how your previous experiences and achievements will help you achieve success here (300 tagacha soʻz).
  2. Describe how your programme of study will enable you to develop a greater understanding of your subject and how that can positively contribute to your home country(300 tagacha soʻz).

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: international@salford.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!