×

University of Salford: Biznes boʻyicha magistratura bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

12.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1487 marta

Angliyaning  University of Salford magistratura kurslari uchun moʻljallangan Salford Business School Postgraduate International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-yilning kuzida Salford Business Schoolga oʻqishga kirgan postgraduate taught – magistratura kurslari talabalarga taalluqli. Grant bir marta berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetning Salford Business School magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 17 460 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Toʻlov tanlangan kursga koʻra farq qilishi mumkin, shuning uchun batafsil ma’lumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlash kerak.

Grant yutib olgan talabaga kontraktdan 3 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi hamda boshqa xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun kamida 2:1baho talab qilinadi.
  3. Nomzod univeristetning 2020-yil sentabr oyida boshlanadigan biznes boʻyicha magistratura (postgraduate taught) kurslaridan biriga oʻqishga qabul uchun taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi zarur. Buning uchun faqatgina stipendiya olish orqali oʻqishga rozilik koʻrsatiladi.
  4. Nomzod oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba boʻlishi lozim.
  5. Nomzod chet ellik (overseas) statusida boʻlishi kerak.
  6. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  7. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 – 7,0 (har bir boʻlimdan kamida 5,5) ball talab qilinadi.
  9. Nomzod kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  10. Nomzodning CV va fotosuratlaridan reklama hamda ma’lumot sifatida foydalanilishi mumkin.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar Salford Business School magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirish yilda bir necha marta amalga oshiriladi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn: 2020-yilning 12-may. Oʻqishga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Ariza va hujjat topshirishga oid aniq ma’lumotni kurs sahifasidan olasiz.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Kurslarni esa: shu yer orqali topish mumkin.
  3. Kirish talablari haqida esa kurs sahifasining requirements boʻlimida
  4. Oʻqishga hujjat topshirish kurs sahifasida berilgan Apply boʻlimi orqali amalga oshiriladi.
  5. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatidan Oʻzbekistonni toping va talablarni aniqlang.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun kamida 2:1 darajali baho talab qilinadi.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 – 7,0 (har bir qismdan kamida 5,5) boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirishingizga qarab hujjatlar tarkibi farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Bu haqida batafsil tanlangan kurs sahifasidan ma’lumot oling.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: international@salford.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!