×

University of Sheffield: Bakalavriatda oʻqish uchun qisman grant!


Grant

MUHLAT

17.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2495 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sheffield universiteti (University of Sheffield) bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchi xorijiy talabalardan International Undergraduate Merit Scholarship 2021 grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur maqsadi iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Ushbu grant 2021-yil sentabrdan Sheffield universitetida bakalavrlik bosqichida oʻqishni boshlovchilar uchun taqdim etiladi. Mazkur grantning 50 nafar talabaga berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan barcha talabalar 4 yil davomida kontrakt summasining 50 foizini toʻlashdan ozod etiladi. Biroq suhbu grant keyingi yillarda ham amal qilishi uchun talaba yaxshi oʻqishi lozim boʻladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod oʻzi tanlagan bakalarvlik yoʻnalishiga qabul qilish shartlariga mos boʻlishi kerak.
  2. Nomzodlar Medicine (A100/A101) va Dentistry (A200) yoʻnalishidan boshqa universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturlaridan birini tanlashi mumkin.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL) talab etiladi. IELTS/TOEFL ga qoʻyilgan talab yoʻnalishlarga qarab farq qilishi mumkin. Aksariyat yoʻnalishlar uchun IELTS minimum 6.5 va hech qaysi 6.0 dan past boʻlmasligi kerak.
  4. Grant faqat 2021-yil sentabrdan oʻqishni boshlovchilarga taqdim etiladi.
  5. Nomzod oq’ishga kontrakt asosida qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak.
  6. Quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan talabalar ushbu grant dasturini ololmaydi:
    – International Baccalaureate Undergraduate Merit Scholarship 2021
    – GEMS Undergraduate Merit Scholarship 2021
    – NCUK Undergraduate Merit Scholarship 2021
    – International School of Choueifat Scholarship 2021
    – DPS Undergraduate Merit Scholarship 2021

Dastur shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi. Talaba dastlab oʻziga mos bakalavrlik dasturlaridan birini tanlashi, unga kerakli hujjatlarni tayyorlashi va topshirishi kerak.

Muhim sanalar:

  • Nomzod bakalavrlik kursiga imkon qadar ertaroq ariza topshirish lozim. Ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishing.
  • Grant dasturiga arizani talaba 2021-yil 17-maygacha onlayn tarzda toʻldirib, topshirishi kerak.
  • Natijalar 2021-yilning 4-iyun kuni Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 16:00 da e’lon qilinadi.

Ushbu grant bilan shu yerda batafsil tanishing.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!