×

University of Sheffield: Magistratura uchun to’liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3152 marta

Buyuk Britaniyaning Sheffild shahrida joylashgan Sheffild universiteti – The University of Sheffield 2019-2020-oʻquv yili uchun Allan & Nesta Ferguson Charitable Trust Masters Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻqish pulini toʻliq qoplashga moʻljallangan. Shuningdek, grant turar joy xarajatlarini ham qoplaydi va talabaga oylik stipendiya ajratadi. Grant rivojlanayotgan davlatlardan kelgan 3 nafar chet ellik bilimli talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun  3 yilgacha beriladi.

Grant universitetning magistratura (taught masterʻs) bosqichiing quyidagi kurslaridan biriga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Kontrakt pulini toʻliq qoplanadi.
  2. Turar joy bilan taʼminlanadi.
  3. Oylik stipendiya

Grant yutib olgan nomzodga ajratiladigan stipendiyani Komissiya belgilaydi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning tibbiy sugʻurta, ovqatlanish kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning 2019-yil sentyabrdan boshlanadigan yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod kontrakt pulini toʻliq toʻlaydigan talaba statusida boʻlishi (yaʼni boshqa imtiyozlardan foydalanmayotgan) kerak.
  • Nomzod universitetning boshqa grantidan stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod boshqa tashkilotlardan stipendiya olmayotgan boʻlishi zarur.
  • Nomzod kunduzgi oʻqiyotgan boʻlishi (yaʼni, darslarda toʻliq qatnashayotgan) lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Kursga oʻqishga kirgan talabalarning barchasi grantga daʼvogar hisoblanadi, shuning uchun grantga alohida ariza va hujjat topshirish talab qilinmaydi.

Demak, oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiramiz.

Masalan, MA Cities and Global Development mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avvalo yuqoridagi roʻyxatdan “MA Cities and Global Development” kursini tanlaymiz. Yoki, universitet sahifasiga kirib, berilgan kurslar roʻyxatidan MA Cities and Global Development”ni topamiz.
  • MA Cities and Global Development sahifasida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq tanishib chiqamiz.
  • “Entry requirements” boʻlimini tanlaymiz. U yerda oʻqishga kirish talablari umumiy koʻrsatilgan.
  • Apply now yozuvini bosib, roʻyxatdan oʻtamiz.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga 2019-yilning 30-apreliga qadar joʻnatish lozim.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Arizaning ichida soʻraladigan maʼlumotlar: shaxsiy maʼlumotlar, research proposal, nima uchun aynan shu kursda oʻqishga ariza berayotganligingiz sabablari koʻrsatiladi. Tadqiqot haqida esa: tadqiqot mavzusi, dolzarbligi, maqsad va vazifalari, siz qanday qilib shu muammoni hal qilmoqchi ekanligingiz, tadqiqot usullari, tadqiqot rejasi va kerakli resurslar (masalan, adabiyotlar roʻyxati) keltiriladi.
  • Diplom va diplom ilovasi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Rezyume.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga qoʻyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari (akademik koʻrsatkichlari, oʻzlashtirishi).
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Kelajakdagi rejalari.
  4. Tadqiqot uchun topshirgan loyihasi.

Natijalar 2019-yil 24-mayda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan murojaat qilish uchun: internationalscholarships@sheffield.ac.uk .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!