×

University of Sussex: Jan Metzger Scholarship – magistratura kurslari uchun 10 250 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

15.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1314 marta

Buyuk Britaniyaning Brighton shahrida joylashgan Sussex Universiteti o‘zining Jan Metzger Scholarship  grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2019-yil sentabrda boshlanadigan Intelligent and Adaptive Systems MSc yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursiga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jan Metzger Scholarship grantini yutib olgan talabaga 10 250 funt sterling (tahminan 13 240 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Mablag‘lar kontrakt to‘lovini qisqartirish uchun sarflashga mo‘ljallangan. Dastur doirasida 1 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Sussex Universitetida tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Sussex Universitetining Intelligent and Adaptive Systems MSc yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi bo‘limda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo‘lishi yoki bakalavr kursida o‘qishni tamomlayotgan bo‘lishi kerak.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo University of Sussex oliygohi Intelligent and Adaptive Systems MSc yo‘nalishi bo‘yicha magistratura kursiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng talaba Jan Metzger Scholarship dasturiga onlayn ariza topshirishi mumkin bo‘ladi. Arizada nomzoddan shaxsiy bayonot yozishi va boshqa bir necha savollarga javob berishi so‘raladi. Dasturga arizalar 2019-yil 15-iyulga qadar qabul qilinadi. Natijalar nomzodlarga eng qisqa muddatlarda e-mail orqali ma’lum qilinadi.

Oliygohning Intelligent and Adaptive Systems MSc kursiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to‘ldirishi hamda talab qilingan hujjatlarni kerakli o‘rinlarga yuklashi zarur. Magistratura kursiga hujjatlar 2019-yilning 1-avgustigacha qabul qilinadi. Shunga qaramasdan, grant dasturida ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlarga hujjatlarini iloji boricha etaroq topshirishlari tavsiya etiladi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning tahminiy ro‘yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS 5 va undan baland, har bir bo‘limdan kamida 6.0 ball.
  3. Shaxsiy bayonnoma
  4. Bakalavr diplomi
  5. Baholar/diplom ilovasi
  6. Passport nusxasi

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to‘liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1273 678195

Email: scholarships@sussex.ac.uk 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!