Buyuk Britaniyaning Brighton shahrida joylashgan Sussex Universiteti o’zining Chancellor’s Masters Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chancellor’s Masters Scholarship grantini yutib olgan talabaga 3 000 funt sterling (taxminan 3 875 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Mablag’lar kontrakt to’lovini qisqartirish uchun sarflashga mo’ljallangan. Dastur doirasida 100 nafar talabaga stipendiya ajratish rejalashtirilgan.
Sussex Universitetida tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishing.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
- Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Sussex Universitetining magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.
- Doktorantura/PhD kurslari hamda magistratura kurslarining ba’zi yo’nalishlari uchun grantlar ajratilmaydi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo University of Sussex oliygohi magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak. Shundan so’ng talaba Chancellor’s Masters Scholarship dasturiga onlayn ariza topshirishi mumkin bo’ladi. Dasturga arizalar 2019-yil 1-avgustga qadar qabul qilinadi. Natijalar nomzodlarga eng qisqa muddatlarda e-mail orqali ma’lum qilinadi.
Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning tahminiy ro’yxati:
- Onlayn ariza.
- IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball (ba’zi yo’nalishlar bo’yicha bundan balandroq ball ham talab qilinishi mumkin)
- Shaxsiy bayonnoma
- Bakalavr diplomi
- Baholar/diplom ilovasi
- Passport nusxasi
- Tanlangan yo’nalishga qarab ijodiy ish, portfolio, ilmiy dastur/ishlanma yoki shunga o’xshash qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
Hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun:
Tel: +44 (0)1273 606755
Email: scholarships@sussex.ac.uk