×

University of Sussex: PhD bosqichi uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

17.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2165 marta

Buyuk Britaniyaning University of Sussex- Sasseks universiteti tarkibidagi The School of Law, Politics and Sociology – Huquq, siyosiy va ijtimoiy fanlar Maktabi 2019-2020-oʻquv yilida PhD bosqichida oʻqish hamda siyosatshunoslik, huquq, sotsiologiya sohalarida ilmiy izlanishlar olib borish istagida boʻlgan tadqiqotchi va yosh olimlarni ragʻbatlantirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3 yilga moʻljallangan LPS Doctoral Scholarships dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi.

Universitet tegishli malaka talablari va motivatsiyaga ega boʻlgan, shuningdek, tadqiqotning yangi bosqichlarida oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻlgan talabgorlarni ariza topshirishga taklif etadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  1. Uch yillik tahsil olish mobaynida oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Tayanch doktoranturaning eng yuqori yutuqlarga erishgan izlanuvchisiga 14 700 funt-sterling yillik stipendiya berilishi mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning siyosatshunoslik, huquq yoki ijtimoiy fanlar yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  4. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  5. Magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  6. Jismonan va ruhan sogʻlom boʻlishi zarur.
  7. Tadqiqot loyihasi Maktabning ustuvor yoʻnalishlariga mos boʻlishi shart.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi asosida tadqiqot olib borishga layoqati (tavsiyanomalar bilan birga), sohaga tegishli har qanday kasbiy tajriba, tadqiqot loyihasi sifati va uning Maktabning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlariga mosligi hamda ekspert baholashga oid bilimlariga koʻra amalga oshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 17-martga qadar qabul qilinadi va jarayon ikki bosichda amalga oshiriladi.

1-bosqich. Avvalo, yuqorida koʻrsatilgan sohalardan birining tayanch doktoranturasiga onlayn-ariza berish kerak. Onlayn-ariza toʻldirish: SHU YERDA.

  1. Kerakli dasturni tanlang: BATAFSIL.
  2. Qabul talablari bilan tanishing: BATAFSIL.
  3. Tadqiqot mavzusi yoki loyiha tanlang. Moliyalashtiriladigan loyiha va mavzular: SHU YERDA.
  4. Ilmiy rahbar tanlang. Rahbar tanlash: SHU YERDA.
  5. Universitetga hujjat topshiring: SHU YERDA.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Tadqiqot mavzusi yoki loyiha. Loyiha 2000 soʻzgacha hajmda quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
  • loyihaning akademik yoki amaliy ahamiyati haqida qisqacha kirish va tahliliy maʼlumot;
  • mavjud adabiyotlar va nazariy maʼlumotlarga asoslanib tadqiqot mavzusining kelib chiqishi va muammo ishda qanday yechim topishi haqida izoh;
  • tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari;
  • tadqiqot metodologiyasi va metodlari, muammoning yechilish yoʻllari;
  • foydalanish mumkin boʻlgan analitik metodlar;
  • tadqiqot oʻtkazishning taxminiy jadvali;
  • foydalanilgan adabiyotlar va manbalarga havola beriladi.
  1. Magistr diplomi.
  2. Ikkita tavsiyanoma.
  3. Rezyume.
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 va/yoki undan yuqori).
  5. Diplom va ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.

2-bosqich. Stipendiya olish uchun ariza shaklini toʻldiring.

  1. Ariza shaklini yuklab olish: SHU YERDA.
  2. Arizani toʻldiring va lpsrec@sussex.ac.uk manziliga 2019-yil 12-maygacha joʻnating.

Muhim: Qabul uchun hujjatlar 2019-yil 17-martgacha, stipendiyaga ariza esa 2019-yil 12-maygacha joʻnatilishi kerak.

Tadqiqotchilar loyiha mavzularini quyidagi masʼul shaxslar bilan muhokama qilishlari mumkin:

Natijalar nomzodlarga 2019-yilning iyun oyi oʻrtalarida eʼlon qilinadi

Tadqiqotchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan bogʻlanish uchun:

  1. Huquq fakulteti.
  2. Siyosatshunoslik fakulteti.
  3. Sotsiologiya fakulteti.

Grant masalasida savollar tugʻilganda murojaat uchun: LPSREC@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!