×

University of Sydney: Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga 26 371 AQSh dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

12.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1990 marta

Avstraliyada joylashgan University of Sydney (US) 2020-yilgi Vice-Chancellor International Scholarships Scheme dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yilning 2-semestrida boshlanadigan The Commonwealth Register of Institutions and Courses for Overseas Students (CRICOS)  – ya’ni, ta’lim xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Avstraliya hukumati reestrida roʻyxatga olingan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan.

CRICOS kurslari odatda barcha chet ellik nomzodlar oʻqishlari uchun moʻljallangan boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir yilgacha kontrakt pulidan 40 000 AUD (taxminan 26 371 USD)gacha chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sugʻurta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomiga yoki bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetda oʻqitiladigan CRICOS bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  • Ayni vaqtda universitetda oʻqiyotgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • University of Sydneydan boshqa grant olayotganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar USning CRICOS bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati tanlangan kursga va semestrga qarab farq qiladi. Grantga dedlayn –2020-yil 12-iyungacha. Grant olish uchun 2 oy oldin hujjat topshirgan ma’qul.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  • How to apply sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  • Tanlagan kursingizga ariza topshiring.
  • Jarayonda biror savol tugʻilsa shu yerga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diploma yoki bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
  • Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!