×

University of Tasmania: Avstaliyada magistratura va doktorantura uchun 22 460 AQSh dollari stipendiya; yo’l xarajatlari ham qoplab beriladi


Grant

MUHLAT

14.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4451 marta

Avstraliyada joylashgan University of Tasmania tomonidan doktorantura kurslariga qabul qilingan talabalarga beriladigan The Australian Government Research Training Program (RTP) grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Avstraliya hukumati va Tasmaniya universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura va research master kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

RTP grantini yutib olgan talabaga 3.5 yil davomida har yili 28 597 Avstraliya dollari (22 460 AQSh dollari) yillik stipendiya beriladi. Bu stipendiya talabaning yashash xarajatlari yoki shaxsiy ehtiyojlariga sarflash uchun beriladi va o’qish to’lovi uchun to’lab berilmaydi. Undan tashqari, talabaning Tasmania universiteti hududiga kelib joylashishi uchun qo’shimcha 2000 Avstraliya dollari (1 570 AQSh dollari) mablag’ ham beriladi.

Talabaga RTP grantiga qo’shib Tuition Fee Scholarship granti ham berilishi mumkin. Bu grant kontrakt to’lovini ham qoplab beradi.

Tasmania universiteti doktorantura kurslari kontrakt to’lovlari stipendiya miqdoridan yuqori. Barcha kurslar o’qish to’lovlari ro’yxati bu yerda berilgan.

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 92 talab etiladi. Batafsil
  • Doktorantura kursiga nomzod bakalavr va magistratura kurslarini tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan doktorantura kursi yo’nalishiga mos yo’nalishda diplomlarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’zi tadqiqot olib borish niyatidagi mavzu yoki soha bo’yicha ilmiy maqolalar chop ettirgan bo’lishi va tadqiqot qilish tajribasiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

RTP grantlarini yutish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Nomzod Tasmania universiteti tadqiqot kurslariga ariza topshirish jarayonida grant olish istagida ekanini ko’rsatib o’tishi yetarli bo’ladi. Tadqiqot kurslariga ariza topshirish quyidagicha:

  1. Tadqiqot kurslari haqida batafsil ma’lumot to’plang.
  2. Tadqiqot olib borish uchun qanday mavzular mavjudligini o’rganib chiqing.
  3. Tadqiqot mavzusini o’ylab ko’rgach, shu mavzuda tadqiqot olib borishingiz uchun ilmiy rahbarlik/nazoratchilik qilishi mumkin professor toping. Ilmiy rahbaringiz siz bilan Tasmania universitetida birga faoliyat olib borishi kerak bo’ladi. Ilmiy rahbarlarni bu yerdan topishingiz mumkin. Ilmiy rahbar bilan bog’lanish oldidan o’zingiz tadqiqot mavzusi tanlab, faqat mana bu mavzu bo’yicha mutaxassisligi va bilimlari yetarli bo’lgan shaxslargagina murojaat qiling. Ariza topshirishni boshlash uchun siz xabar yuborgan shaxs sizga ilmiy rahbar bo’lishga rozilik bildirishi kerak bo’ladi.
  4. Tanlangan fakultetga “Expression of Interest” taqdim eting. Bunda, shu fakultetdagi ma’lum kursga ariza bermoqchi ekanligingiz bildirilishi kerak. Expression of interest tayyorlash haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
  5. Fakultet xodimlari sizni o’zingiz tanlagan kursning minimal talablariga mos deb topsa, ariza topshirish mumkin bo’ladi. Bu bosqichda ilmiy rahbaringiz kim bo’lishi aniq bo’lishi zarur.
  6. Kerakli kurs talablariga mos ekanligingiz va ilmiy rahbaringiz aniq bo’lgach, bu yerda ariza anketasini to’ldiring. Ariza topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Eslatma: Avstraliya universitetlari tadqiqot kurslariga (doktorantura va research master) o’qishga hujjat topshirishdan oldin sizni qiziqtirgan fakultetga xabar yuborib, ma’lum kurs va mavzuga qiziqish bildirayotganingizni, akademik darajangiz va boshqalarni bildirishingiz kerak bo’ladi. Fakultet esa shu kursga hujjat topshira olasizmi, aniqlab, sizga ariza topshirish uchun ruxsat beradi. Agar shu qadamdan o’tmasangiz, kursga hujjat topshirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun ham tadqiqot kurslariga hujjat topshirishda ikkita dedlaynni hisobga olish kerak: birinchisi – fakultetga xabar yuborish muddati, ikkinchisi – ariza topshirish muddati.

Hozirda Tasmania universitetidagi barcha fakultetlaridagi tadqiqot kurslariga qabul boshlandi. Shu fakultetlardagi research master va doktorantura kurslari uchun fakultetlarga 2021-yil 14-maygacha  xabar yo’llab, ariza topshirish uchun ruxsat (expression of interest) olishingiz mumkin. Kursga arizalar esa 2021-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. Natijalar 9-iyulda e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!