×

University of Technology Sydney: magistratura uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

26.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2168 marta

Avstraliyaning Cidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney Master of Professional Engineering Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Engineering and Information Technology fakultetining Master of Professional Engineering program kursi talabalar uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan chet ellik nomzod kontrakt pulining 25 foizi toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
  • Master of Professional Engineering kursi talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Kursning kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • Agar nomzod bakalavr bosqichini Avstraliyada tugatgan boʻlsa, grantga shu muddatdan kamida 6 oy keyin ariza berishi mumkin.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Universitetning transmilliy kurslariga oʻqishga kirgan talabalar ariza bera olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun Master of Professional Engineering kursliga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

Master of Professional Engineering kursiga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan “Master of Professional Engineeringkursini topamiz.
  2. “Overview” sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishamiz. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  3. “How to apply” boʻlimida kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqamiz. Hujjatlarimiz shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  4. Apply online yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Ariza.
  2. Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6,5, writing 6,0).
  4. Diplom va diplom ilovasi (texnika fanlari boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi).
  5. Posrtfolio.
  6. Pasport nusxasi.
  7. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).

*Muhim! Iyul oyida boshlanadigan kursga ariza topshirish uchun dedlayn muddati 2019-yil 30 aprelgacha. Hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, texnika va injenerlik boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +61 2 9514 1531

Elektron pochta: Reps@uts.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!